Meni tashlab ketma.......!
Mendan olislarga ketmagin aslo,
Ketsang qalb uyimga qarg'alar qo'nar.
Shum yolg'izlik mehmon bo'lar ko'nglimga,
Bog'larimda hijron gullari unar.
Meni sendek aziz bilmaydi hech kim,
Sendek dardlarimni tinglaguvchi yo'q.
Gar sen ketsang zulmat hamrohim mening,
Quyular jonimga azoblardan cho'g'.
Qizg'onaman seni ko'zimdan hatto,
Hayoling almashmay bahor kuzlarga.
Meni tashlab ketma, o'shal azobli,
Yomg'irlari aldamchi hazon kuzlarga.
Mendan yiroqlarga ketma Vafodor,
Ahir tushun, sensan umrimga mazmun.
Dunyo quvonchlari kerakmas menga,
Yo'lg'iz sen asragin o'zingni men uchun.
Seni hayol bilar o'radim qalbga,
Hech yo'q hayollarda bo'laylik birga.
Kutganimiz visol onlari yaqin,
Ungacha yashaymiz ko'nib taqdirga......
|