Xazonlat to'kilar daraxtlar g'arib
qor yog'ib o'tadi zulmatni yorib
Kurtaklar yozilat yerni uyg'otib
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb
Asta varaqlayman umrim kunini
Tonglarga bosh qo'yar sog'inch ko'z yumib
Kim to'lar sevgimni o'tli to'nini
Nechin siz kelmaysiz sog'inganman deb
Qoshlarim qayrildi yo'lingiz qarab
Sanoqdan adashdim tunu kun sanab
Naxotki ayriliq xaqiqat yo rab
Nechun siz kelmaysiz sog'inganman deb
Ko'z yoshimni to'ksa xam to'ymadi sarob
Bu mag'rur vujudim tark etmas azob
Nechun siz kelmaysiz bir bora sog'inganman deb
BIZANI SOG'INTIRGAN INSONNI BU YERDA YOQLAKU LEKIN YUZLARIDAN TABASSUM ARIMASIN