Sevgilim haqida o’ylasam, Ko’klarga ko’tarib kuylasam, Hammaga maqtanib so’ylasam, Men haqimda u o’ylarmikan. Hatto o’zimdan ham qizg’onib, Kechalar uxlalmay to’lg’anib, Hajrida zoru-zor o’rtanib, Yurganim u bilarmikan. O’zgaga bir qiyo boqmasdan, Qo’liga barmog’im bosmasam, Qarasam ko’ziga shoshmasdan, U tanxoligin sezarmikan.
|