Главная » 2011 » Dekabr » 27 » Urtamizda sevgimasmi ayt???
14:07 Urtamizda sevgimasmi ayt??? |
Biz ikkimiz shunchaki tanish, Nari borsa - do'stmiz o'rtacha, Bir ohangda har kun hol so'rash, Boshqa hech gap yo'qdir o'rtada.
Lekin har gal tushganida ko'z, Ko'zlaringni yonishi nechun? Uchrashganda aytolmayman bir so'z, So'ngra dilning xonishi nechun?
Ko'rgim kelar o'ychan ko'zingni, Sening ma'sum boqishlaringni, Sezmaysanmi, dilbar o'zingni, Menga juda yoqishlaringni?
Senga ko'char mendagi titroq, Bul samoviy sezgimasmi, ayt? Sensiz o'tgan har onim firoq, O'rtamizda sevgimasmi, ayt?
Balki mening o'ylarim yanglish, Balki hech gap yo'qdir o'rtada... Ishonmayman, shunchaki tanish - Nahot dilni shuncha o'rtasa?!
.
|
Категория: SeVgi IzhoRlaRi |
Просмотров: 707 |
Добавил: Ukinch
| Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 6 | |
0
|
0
Yaxshi YAXSHI
|
+1
ha bu sevgi qalblarni larzaga keltirgan sevgi
|
+1
Siz ushalmay qolgan orzu-umidisz, Ko'ngil osmonida uchgan burgutsiz. Bu yorug olamda man uchun tanho, Siz o'sha man orzu qilgan yigitsiz!!!!
Man, sizni o'ylayman tunlari bedor, Faqat o'zingizni kutaman yolgiz, Tushda ham o'ngda ham, hayollarimda, Siz o'sha man orzu qilgan yigitsiz!!!!
Boshqa yigitlarga qilmasman parvo, Pokiza qalbimning esagi sizsiz, Yurakka, muhabbat o'tini solgan, Siz o'sha man orzu qilgan yigitsiz!!!!
|
0
|
-1
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
Copyright MyCorp © 2025
|
| |