Men sizni bezovta qilmasman ortiq, Bildim, bo’g’zingizga keldi malolim. Ammo men netayki ishqisiz dunyoda, Mudom bo’yningizda qolmish zavolim.
Yodingizga yodim maloli kelmish, Ko’zingiz zerikkan, mendan, bilaman. Go’zal tuyg’ularim xo’rlangan joyda, Ayting??? Men Nima qilaman?
Yig’lab chorlamasman ilojin topsam, Endi ko’zingizda otmas tonglarim. Nurdan tuproqqacha sirli dunyoda, Men Sizni, sizni, va yana sizni angladim.
Nur izlab kelgandim dunyoingizga, Zulmatlar darchasin yopolmadim hech. Ayriliq ranglari to’lgan dunyoda, Men yashil rangimni topolmadim hech.
Xayr, men - o’ziga begona odam, Sizga ham qadrdon bo’lmog’im qiyin. Mabodo sog’inib qolsangiz agar, Qo’ng’iroq qilarman... Ming yildan keyin. ( yani hech qachon )