|
| | |
Главная » 2011 » Noyabr » 14 » YOLG'ONCHI YOR
|
Yolg’onlarga ko’milgan qalbim.
Aldovlardan kuyib yig’laydi.
Ne bo’lganin tushunmas aqlim.
Kulish yig’lashini o’zi bilmaydi.
Va’dalaring eslayman hamon
Qani o’sha shirin so’zlaring?
Eslab yana bo’larman tamom
Ko’z o’ngimdan ketmas ko’zlaring.
Aybim ne deb so’ragim kelar
Lek bardoshim, irodam yetmas.
Qiziqishim ortadi battar
Alam meni tark etib ketmas.
Aldanganim his qilib endi
Ming tirilib, ming bor o’laman.
Tog’dan baland g’ururim sindi.
Sekin-asta guldek so’laman.
Gulim deya uzding bandimdan
Yonimda qol, sevaman deding.
Joy egallab axir qalbimdan
Qanday qilib ketaman deding?
Tiling qanday aytdi shu so’zni
Yuragim hech o’yladingmi ayt?
Yoshlasang ham endi gar ko’zni
Kechirmasman qaytging kelgan payt.
Yalinmagin keyin befoyda
Kechirsam ham kechirmas qalbim.
Boshingga g’am tushgan bir damda
Sezasan-ku hali ko’p qadrim.
Baxtli bo’lgin demayman also
Baxtni Olloh o’zimga bersin.
Shu bugundan tilagim tanho
MEN SEVMAYIN SEN MENI SEVGIN.
|
Категория: SeVgi IzhoRlaRi |
Просмотров: 727 |
Добавил: nodirbek547
| Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 2 | |
0
|
0
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|
Copyright MyCorp © 2024
|
|