Главная
Регистрация
Вход
Shanba
23.11.2024
11:10
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Www.Uz-DunYo.CoM

Меню сайта

Категории раздела
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Мультфильмы / Multfilmlar
Концерты / Konsertlar
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Новости / Yangiliklar
Ужасы / Qo'rqinchli
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма /Drama
Боевик / Jangari
Комедия / Kulgili
Фантастика/Fantastika
Клипы / Kliplar
Документальные / Hujjatli
Юмори / Xazillar
Триллер / Triller
Статья / Maqola
Кухня / Oshxona
SeVgi IzhoRlaRi
Har-Hil SheRlaR
Спорт / Sport
Исторические/Tarixiy
Yulduzlar / Xaqida
Телепередачи / TV Ko'rsatuv

Мини-чат

Ob-Havo


FOTOGALERIYA

  
Главная » 2011 » Noyabr » 5 » Hayit kunlari va hayit namozi
01:41
Hayit kunlari va hayit namozi


Hayit kunlari va hayit namozi

Hayit kunlari

– Hayit kuni qanday kundir?
– Shodlik va xursandlik kunidir.
– Islom ahliga bir yilda necha hayit kuni bor?
– Ikki hayit kuni bordir: birisi – fitr iydi (ramazon hayiti), ikkinchisi – qurbon hayitidir.
– Fitr hayitining ma’nosi nima?
– Ro’zadan chiqish bayramidir.
– Qurbon hayitining ma’nosi nima?
– Qurbonlik qilinadigan bayramdir.
– Fitr hayiti qaysi kunda bo’ladi?
– Ramazon oyi tamom bo’lgandan so’ng shavvolning birinchi kunida bo’ladi.
– Qurbon hayiti qaysi kunda bo’ladi?
– Zulhijja oyining 10-kunida bo’ladi.
– Hayit kunlari nima uchun Islom ahliga xursandlik bo’ladi?
– Chunki bu kunlarni ulug’ ko’rib, faqirlarga sadaqa bergan kishilarning, ixlos bilan tavba va istig’for qilgan kishilarning gunohlarini avf qilmoqlik va’da qilingan.
– Hayit kunlarida qanday ishlarni qilish sunnatdir?
– Fitr hayiti kunida tong otgandan so’ng hayit namozini o’qimasdan ilgari fitr sadaqasini berish; Qurbon hayiti kunida tong otgandan so’ng qurbon namozini ado qilguncha ro’zador kishiga o’xshab hech bir taom yoki sharob yemasdan-ichmasdan turish va namozdan so’ng qurbonlik go’shti, sho’rvasi yoki biror shirin taom yeyish kabilar sunnatdir. Qurbon hayiti namoziga borishda yo’lda ovoz chiqarib takbir aytish savoblidir. Har hayitda tong otgandan so’ng turib g’usl qilish, misvok ila og’izni poklash, yaxshi liboslar kiyish, xushbo’y narsalar sepish, namoz o’qiladigan yerga piyoda borish, borar-qaytarda faqir va miskinlarga sadaqa berish, ko’p jamoat hayit namoziga to’plangan vaqtda qiyomat kunini va mahshar kunlarini xotiraga tushirish, astoydil tavba va istig’for qilish, harom ishlarni aralashtirmasdan hayit bayramini shodlik bilan o’tkazish kabi amallar sunnatdir.

HAYIT NAMOZI

1. «Alloh rizoligi uchun Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini o‘qishni niyat qildim. Yuzimni qibla tarafga qaratdim. Ushbu imomga iqtido qildim», deb niyat qilinadi.
2. Imom «Allohu akbar», deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbirini aytadi.
3. Har kim ichida Sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom ketma-ket qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
4. Shundan keyin imom ichida «A’uzu»ni va «Bismillah»ni aytib, ovoz chiqarib Fotiha surasini va zam surani o‘qiydi.
5. Ruku va sajdadan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom Fotiha surasi bilan bir kichik sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi. To‘rtinchi takbirdan keyin qo‘llar bog‘lanmasdan rukuga ketiladi va sajdalar ado etiladi. Sajdadan so‘ngra «Attahiyyat» va «Salovot» o‘qib, salom berilib, namoz tugatiladi.

Hayit namozlari

– Hayit namozlari kimlarga vojib bo’ladi?
– Juma namoziga o’xshash hayit namozining vojib bo’lishiga ham olti shart bordir:
1. Erkak kishi bo’lishi;
2. Ixtiyorli kishi bo’lishi;
3. Salomat kishi bo’lishi;
4. Muqim kishi bo’lishi;
5. Ko’zi ko’radigan bo’lishi;
6. Oyog’i yurishga yaraydigan bo’lishi;
Xotinlarga, sabiylarga, zindondagi kishilarga, ixtiyori o’zida bo’lmaganlarga, bemorlarga, musofirlarga, ikki ko’zi ko’r kishilarga, oyoqsiz kishilarga hayit namozi vojib bo’lmaydi. Ular uzrli kishilar hisoblanadilar.
– Uzrli bo’lsalar-da, hayit namozlarini o’qisalar, durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi.
– Hayit namozini o’qishning qanday shartlari bor?
– Besh sharti bor: birinchisi – juma namozi sharti singari shahar deb ataladigan yerda o’qilishi; ikkinchisi – har kim kirishga ruxsat berilgan jome’ masjidi bo’lishi; uchinchisi – imom bo’ladigan kishi mamlakatning podshohi yoki qozisi tarafidan namoz o’qishga izn olgan kishi bo’lishi; to’rtinchisi – jamoat bo’lmoq uchun imomdan boshqa kamida uch kishi bo’lishi; beshinchisi – hayit namozining vaqti kirgan bo’lishi lozim.
– Hayit namozlarida xutba o’qish shartmi?
– Shart emas, balki sunnatdir. Xutba o’qilmasa ham, namoz durust bo’ladi, lekin makruhdir.
– Hayit namozining vaqti qaysi vaqtdir?
– Oftob chiqib uch gaz ko’tarilgandan boshlab qiyomgacha hayit namozining vaqtidir. Ammo qiyom vaqtida o’qib bo’lmaydi.
– Biror uzr sababli hayit namozini o’z kunidan qoldirib, kechiktirib o’qisa, durust bo’ladimi?
– Fitr hayiti namozini o’z kunidan bir kungina kechiktirsa bo’ladi. Undan ziyoda kechiktirsa, durust emas. Ammo Qurbon namozini uch kungacha kechiktirsa, durustdir.

Hayit namozining o’qilishi

– Hayit namozi necha rakatdir?
– Fitr hayiti va Qurbon hayiti namozlari ikki rakatdandir.
– Hayit namozlari qay holda o’qiladi?
– Har ikkisi imom va jamoat bilan o’qiladi, hech vaqt yolg’iz o’qilmaydi. Hayit namozlari uchun azon va iqomat aytiladi.
– Mahalla odamlariga namoz vaqti bo’lganligi qay tariqa bildiriladi?
– Muazzin minoraga chiqib bir necha marotaba «As-solatu», deb qichqiradi.
– Hayit namozlarini o’qishga niyat qanday qilinadi?
– Fitr hayiti namozi bo’lsa, «Ikki rakatli fitr hayiti namozini oldda turgan imomga ergashib o’qishni niyat qildim. Xolis Alloh taolo uchun», deb dildan niyat o’tkaziladi. Agar Qurbon hayiti namozi bo’lsa, «Ikki rakatli Qurbon hayiti namozini oldda turgan imomga ergashib o’qishni niyat qildim. Xolis Alloh taolo uchun», deb niyat qilinadi.
– Hayit namozlari qay tariqa o’qiladi?
– Har ikkisining ham farqi yo’q. Niyat qilinadi. Tahrima takbiri aytilgandan so’ng Sano o’qiladi. Undan so’ngra imom va qavm yana uch marotaba «Allohu akbar», deb takbir aytadilar. Har aytganda qo’llarini ko’tarib bosh barmoqlarini quloq yumshoqlariga yetkizadilar. Tahrima takbiridan boshqa uch takbir aytilgandan so’ng imom ovozini baland chiqarib Fotiha surasini va yana bir surani o’qiydi. Tamom qilgandan so’ng ruku’ga, keyin sajdaga borib, sajdadan so’ng ikkinchi rakatning qiyomiga turadi va yana Fotiha surasini hamda yana biror surani ovoz chiqarib o’qiydi. Sura tamom bo’lgandan so’ng imom ruku’ga bormasdan ilgari avvalgi rakatdagidek yana bosh barmoqni quloq yumshoqlariga yetkazib, uch marotaba takbir aytadi. Uch takbir tamom bo’lgandan so’ng yana takbir aytib ruku’ga va sajdaga boradi. Keyin o’tirgan holda boshqa namozlar singari davom ettirib, oxiri salom beradi va namozni tamom qiladi.
– Hayit namozlarining boshqa namozlardan farqi bormi?
– Farqi shuki, har rakatida uch marotabadan olti marotaba ziyoda takbir aytiladi. Bu takbirlar avvalgi rakatda Sanodan so’ng Fotiha surasidan ilgari aytiladi, ikkinchi rakatda Fotiha surasidan va unga qo’shilgan suradan keyin aytiladi, shundan so’nggina ruku’ qilinadi. Ushbu takbirlar orasida qo’llar tushirib turiladi.
– Ushbu takbirlar nima deb ataladi?
– Zoida takbiri, deb ataladi.
– Hayit namozi tamom bo’lgach, imom nima qiladi?
– Minbarga chiqib ikki marotaba xutba o’qiydi. Fitr hayiti xutbasida fitr sadaqasining hukmlarini so’ylaydi, Qurbon hayiti xutbasida qurbonlik hukmlarini so’ylaydi.
– Hayit namozining bir qismi o’qilgandan so’ng imom salom bermasdan ilgari bir kishi kelib imomga ergashsa, u kishi nima qiladi?
– Boshqa namozlarda bo’lganidek qolgan rakatini masbuq bo’lib o’zi tamom qiladi.
– Biror kishi imom salom bergandan so’ng hayit namoziga kelib qolsa, u kishi nima qiladi?
– Shu holicha qoladi, qazo qilmaydi.

"Ibodati Islomiya"dan
Категория: Ислам / Islomiy | Просмотров: 1851 | Добавил: Axliddin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 Turon_Farzandi   (13.11.2011 07:19) [Материал]
ALLAHU AKBAR CARDASLAR ALLAHU AKBAR !!!!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish

Malumot izlash

Yangi kun tartibi
«  Noyabr 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930

SMS




Sayt Faollari

UzDunYo

Пол: Ayol
Новостей:2585

Administrator



_DAVRONBEK_

Пол: Erkak
Новостей:1489

Do'st



Ukinch

Пол: Erkak
Новостей:1262

Moderator



Axliddin

Пол: Erkak
Новостей:202

Administrator



nodirbek547

Пол: Erkak
Новостей:756

Moderator



Copyright MyCorp © 2024