Ayting Adashdimmi men sizni sevib? Jim turasiz sadosiz hissiz. Ketasiz, ham befarqsiz kelib, Ko'ngil yiglar, yiglaydi ko'z yoshsiz. Faqat sizga yetolmas ohim, Araz nomli to'siqdan o'tib. Sevganimmi endi gunohim Yoki kutganimmi sizni intiqib? Sog'inishni bilmassiz balki, Balki bunday hislar sizga begona. Men ekanman ko'rganda qalbim, Muhabbatin tutgan devona.