Qayg'u ko'chasiga yaqin yo'lamang. Ko'zingiz yoshiga qilolmam toqat, Faqat siz yig'lamang...yig'lamang... Oymoma jilmaysin kulgichingizda, Oydek chehrangizni g'amdan dog'lamang. Mayli qarab o'tmang ko'z uchingizda, Faqat siz yig'lamang...yig'lamang... Agar istasangiz unuting mutloq, Yodingizga tushsam,bir bor yo'qlamang. G'uncha labingizga inmasin titroq, Faqat siz yig'lamang...yig'lamang... Oromingiz buzib goho tunlari, Tushingizga kirsam,mayli,uxlamang. Noxush xayollarni chetlating nari, Faqat siz yig'lamang...yig'lamang... Qismatning qasdidan ko'nglimiz g'ash-ku, Siz ham alamlarga qanot bog'lamang.
Shu inju yoshlarga arzisam koshki, Faqat siz yig'lamang...yig'lamang... Sog'inchdan xasta dil oqsa ezilib, Qoshingizga borsam,dardim tinglamang. Ketsam bu dunyodan paymonam to'lib, Faqat siz yig'lamang...yig'lamang..
|