b)Biror kishi bilan ziddiyatga bormaslik uchun uydan tashqariga chiqmaysiz(1);
c)Biror narsa balin shug'ullanishga harakat qilasiz(3);
2.O'zingizni boshqalar bilan qiyoslasangiz qanday hulosaga kelasiz?
a)Sizda faoliyatingizni yo'lga qo'yish uchun barcha fazilatlar mujassam(3);
b)Siz boshqalardan qolishmaysiz(2);
C)Sizni yetarlicha baholashmayapti(1);
3.Ertalab uyqudan turgach odatda siz...
a)Kechagi kun tafsilotlarini birma-bir hayolingizdan o'tkazasiz(1);
b)Bugungi kun omad keltirishiga ishonasiz(3);
c)Yahshi narsalar haqida o'y surasiz(2);
4.Og'ayningiz ish faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi...
a)"Menga bunday omad hech qachon nasib etmaydi"(1);
b)Jin ursin.Nega men unga ergashmadim?!(2);
c)Qachonlardir menga ham omad kulib boqadi (3);
5.Ish kuni yakunida siz odatda ...
a)Kuningiz bundan ham yahshi o'tishi mumkinligi haqida o'ylaysiz(2);
b)Qoniqish tuyg'usi bilan uyga qaytasiz (3);
c)Ishingizdan qonoqmasdan uyga ravona bo'lasiz(1);
6.Ko'zguga boqqanda o'ylaysiz...
a)Hammasi ajoyib(3);
b)Vaqt naqadar beshafqat(1);
c)Hali hammasi yo'qotilmagan(2);
7.Ayrim hollarda o'tmishingiz haqida o'ylaganingizda asosan nimani e'tiborga olasiz?
a)Yahshimi yomonmi hayotimning bir qismi o'tmishga aylandi(2);
b)Hamma ajoyib kunlarim o'tmishga aylandi(3);
c)Yomon kunlarim o'lmishda qolib ketdi(1);
8.Agar siz ortiqcha vazn to'plagan bo'lsangiz...
a)Parxezga o'tirib, jismoniy mashqlarni bajarishga urinasiz(3);
b)Havotirlanish uchun sabab yo'qligini tushunasiz(2);
c)Sarosimaga tushasiz(1);
9.Do'stlaringiz haqidagi fikringiz...
a)Ularning kamchiliklarini ko'rsatish shart emas(2);
b)Ajoyib insonlar(3);
c)Ular men o'ylaganchalik samimiy emas(1);
10.Tanishingiz boshiga tushgan falokatni eshitganingizda...
a)Hayriyatki,fojea meni chetlab o'tdi(2);
b)Hamdardlik bildirishga oshiqasiz(3);
c)Menga buning aloqasi yo'q(1);
Endi natijalarga o'tamiz:
30-24 ballgacha: Siz nihoyatda baxtli insonsiz.Hayotni sevasiz. Kelajakka ishonch bilan boqqaningiz uchun atrofdagilar sizni hurmat qilishadi.Ko'ngilsizliklar haqida o'ylashni hohlamaysiz. Biroq vaqti kelib siz hayotga hushyor boqadigan bo'lasiz.
24-18 ballgacha: Siz har jihatdan yetuk, baxtli insonsiz.Hushmuomalasiz. O'zingizni tuta bilasiz va qiyin vaziyatlarda sarosimaga tushmaysiz.
18-12 ballgacha: Siz hayotga qora ko'zoynak orqali boqasiz. Siz hayotingiz baxtli kechmasligiga ishonchingiz komil.Biroq hamisha hayotingizda omadsizliklar yuz bermaydiku!Ko'priq hushchaqchaq, kelajakka ishonch bilan qaraydigan odamlar davrasida bo'ling.