Hech bir inson yo'qki bu tuyg'uni chetlab o'tgan, hech bir yurak yo'qki sevgi uchun bir bora urmastan o'tgan. Sevasiz sevib turib sevilishimiz baxt. Sevgan insonimizni Meni Malikam, Begim deb so'zlashini intiq kutamiz, hayollarimiz shu holat bilan yashaydi. Lekin, har doim ham sevishgan qalb birga bo'ladimi? Sevib sevilmoq, yonib yetishmoq doim ham nasb etadimi? Yo'q Sevgi bilan ayriliq, quvonch bilan ko'zyosh, visol bilan hijron doimo yonma-yon yuradi. G'iybatlar, insonlar, boyliklar tufayli sevgi bilan yonib turgan qalbga ayriliq suvi sepilib olov o'chiriladi. Olov o'chgan bilan uning cho'g'i o'charmikan? O'chmaydi va u qalbimizga, yuragimizga Ayriliq og'rig'ini olib keladi. Ayriliq shunday tuyg'uki kichik bir cho'g' bo'lib, qalbimizga kirib badanimizni asta sekin kuydiradi, azoblari vujudimizni sekin-sekin kemiradi. Tik turgan qalblarni bukadi, nam yuqmas ko'zlardan, ko'z yoshlar daryo bo'lib, oqadi. Bu ko'z yoshlar yuzimizdagi umidni yuvib yerga to'kib qadamlarimiz ostida parchalanishiga olib keladi. Natijada Umidsizlik tug'iladi. Umidsiz insondan nimani kutish mumkin? O'z joniga qasd qilish, razolat ko'chasiga kirish . . . Ayriliq . . . Ayriliqning azobidan beixtiyor qo'lga qalam olamiz va yurakdagi dardlarni qog'ozga bitamiz oq qog'oz
Xuddi qalbimiz kabi
Shunda ham biz sabrli insonlarmiz dardlarimiz qalbimizga ko'mib yashaymiz.
|