Ketsang sevgim to’la ko’zim yoshlab ket Tikonla o’ygan bu ko’nglim g’ashlab ket Yonimga qaytish niyating bo’lmasa gar Tangrim bergan yuragimni tashlab ket
Ketsang yetim sevgimni birga olib ket Mehrim to’la xatlarim o’tda yoqib ket Oshiging sherini gul bargiga yozib Ko’nglim qabri ustiga gulla ko’mib ket
Ketsang agar qaytishing ko’rmayin sira Qalbim yulgan ko’ksimda bitmagay yara Chandiq bo’lib bitsa gar yara ko’ksimda Sening sevgingdan bo’lar achchiq xotira