Главная » 2011»Oktyabr»5 » XIYONATCHI QIZLARNI, YOKI BOSHQACHA AYTGANDA "BEVAFO QIZLAR"NI BILASIZMI ???
19:04
XIYONATCHI QIZLARNI, YOKI BOSHQACHA AYTGANDA "BEVAFO QIZLAR"NI BILASIZMI ???
Bu mavzu hamma qizlarga emas !!! Gap egasini topadi ...) Ha, bugungi bu mavzuyim ba'zibir qizlarga atab yozilgan. Demak o'qing ... Sevgi ... Hayotimizda ulkan o'zgarishlarni yuzaga keltirishga qodir. Sevgining olamida: "Baxt", "Armon", "Xijron", "Ayriliq", "Sog'inch", "Xiyonat" ... kabi his-tuyg'ularni ko'rishimiz mumkin. Xo'sh, bu tuyg'ular bizga qanday ta'surotlarni yoki kechinmalarni taqdim etadi ??? Bu savolga javobni har kim o'z dunyo qarashidan kelib chiqgan holda javob beradi. Men bugun bu his-tuyg'ular ichidan juda ham ayanchli, azobli bo'lgan, kuchli nafrat uyg'otadigan kechinma "Xiyonat" tuyg'usi haqida gapirmoqchiman. Buni qizlardagi xiyonat bilan boshlashga qaror qildim. Nimaga deganda yigit kishining xiyonati kechirilishi mumkin, lekin ayolning xiyonati kechirilmaydi. Nima uchun ??? Chunki ayol zoti muqaddas hisoblanadi. Bu ish ularga yarashmaydi. Xiyonat sevgan insonidan ba'zi harakatlarini yashirib, o'zga bilan ham birga bo'lish, o'z sevimli insoniga qo'rqmay yolg'on gapirishiga aytiladi. E'tibor bering: shu jihatlarni muqaddas sanalgan qizlar qilishsa ... Bu aqlga sig'maydi. Xiyonat haqida qizlardan so'rasangiz "Yigitlarni o'zlari xiyonat qilishadi-ku" - deb javob berishadi ... Iye kechirasizu bu bilan nima demoqchisiz ??? Hoynahoy bu gaplaringiz bilan - "Sizga mumkinu, bizga mumkin emasmi ?" iborasini tekizib aytarsiz ? Lekin o'ylab ko'ring, Yigit kishining yo'rig'i boshqa, Qiz bolaning yo'rig'i boshqa ... Xiyonat qilish sizga yarashadimi ? Muqaddas ayol degan nomiga loyiqmi shu qilgan ishingiz ? Bizni-ku mayli qo'ya turing. Biroq shu ishingiz Allohga xush keladimi ? Xiyonat qilishdan avval, hech bo'lmaganda keyin ham shular haqda o'ylab ko'rganmisiz ? - "Unda yigitlarchi ?" deysiz. Yigit kishining hissiyotlari bilan o'zingizni hissiyotlaringizni tenglashtirmang ! Alloh ko'rinishimizni, fazilatlarimizni o'xshash qilib yaratgani bilan, Aslida dunyo qarashlarimiz, hissiyotlarimiz umuman boshqa-boshqa ... Yigit kishining Xiyonatini takidlashdan ko'ra, shu hol o'z hayotingizda ham bo'lmasligini Allohdan so'rang ! Har kim qilsa o'ziga ! Chunki haq, nohaqni ko'rguvchi Alloh bor !!! Siz shuni unutmang ! Bundan biron hafta oldin singlimni tug'ilgan kunini nishonladik. Singlim 18 yoshda. Uning 15 ga yaqin dugonalari ham kelishdi. Mendan ular compyuter yordamida qo'shiq qo'yib berishimni so'rashdi. "Xo'p" dedimu ular o'tirgan xonaga kirib qo'shiq qo'yish uchun tayorgarlik ko'ra boshladim. Xona ancha katta edi. Men xonaning eng chetida o'tirgandim. Buni qarangki bir qiz telefonda kim bilandir gaplashayotganini eshitib qoldim. Ishonasizmi o'sha yerni o'zida 2 ta yigit bilan gaplashdi. Birinchi yigit bilan gaplashib turganida, ikkinchi yigit qo'ng'iroq qilibdi. Qarasa "Ojidani" deyapti. Ikkinchi yigit qo'ng'iroq qilayotganini ko'rgan bu qiz birinchi yigitga yolg'onlarini yog'dira ketdi. - "Voy Jamshid aka uyimdan qo'ng'iroq qilishyapti. Men sizga sal turib o'zim qo'ng'iroq qilaman xo'p." dedi ... Avvaliga men ham "rostdan uyidan qo'ng'iroq qilishyapti, u bola yigiti bo'lsa kerak" deb o'yladim. So'zlarini eshitardim-u, lekin sezdirmay compyuterni sozlamalarini tekshirib o'zimni eshitmaganga olardim. Shu tariqa birinchi yigitni yolg'oniga ishontirdi. Keyin "Ojidaniyada" turgan yigit bilan gaplasha boshladi. Yigit nima deyayotgani eshitilmasdiyu lekin qizning gaplari yaqqol eshitilardi. - "Voy Elyor aka kechiring. Oyim bilan gaplashayotgandim. Hozir buvimlanikida edila. Shunga biroz suhbatlashdik. Uzr kutdirib qo'ydim ..." dedi ... Buni eshitganimga ishonmadim. Jamshid aka, endi esa Elyor aka ... Astag'firilloh ! Qo'shiqlar ketma-ketligini tayorlab xonadan chiqib ketdim. Shu gaplarni qiz bola gapirib, qilayotganiga ishongim kelmasdi. Nahotki bu qiz ...... Qaysidir yigitni qalbi bundan qanchalik vayron bo'lishi uning sira xayoliga kelmasdi. Go'yo u gaplashib, bundan huzur qilayotgandek edi. Bu xiyonatmi ? Yoki qabixlik ? Aslida u qiz kim ? Nega bunday qilyapti ? Balki foxishadir deb o'yladim ... Yo'q, yo'q u qiz foxishaga o'xshamasdi. Keyin surishtirib bilishga harakat qildim. Singlimdan u qiz kimligini, telefon nomerini bilib berishini so'radim. Bildim ham, telefon nomerini ham oldim. Ha u qiz rostdan ham foxisha emas ekan. Qo'ng'iroq qilib tanishishni taklif qildim. Rad etdi ... Ammo bora-bora gaplashib do'stlashib oldik. Biroz vaqt gaplashib yurdik. Uni uchrashuvga taklif qildim. Rozi bo'ldi ... Uchrashuv kuni kelganda o'zim bormadim-u o'rnimga bir og'aynimni yubordim. Og'aynim bilan ko'rishgan. Keyin menga og'aynim "u qizni 2 oydan so'ng to'yi bo'layotgan ekan" deb aytdi. Shu o'rinda savol tug'iladi. To'yi bo'lishi kutilayotgan bu qiz yaqinda turmush o'rtog'i bo'lishini bila turib nega begonalar bilan do'stlashib, uchrashuvga chiqyapti ? Axir bu gaplashib yurgan yigitiga nisbatdan Xiyonat emasmi ? Hozir shunday yo'l tutayotgan bu qiz ertaga qanday qilib oilasiga, eriga vafodor bo'lishi mumkin ? Ertaga turmush qurgandan so'ng ham eriga xiyonat qilmasligiga kim kafolat beradi ??? Eh, shunaqa qizlar ham bor ekanda ... "Do'st sifatida gaplashib yurgandir balki" dersiz. Yo'q, unday emas. E'tibor bering: O'sha uchrashuvga chiqgan og'aynim uni qo'lidan ham ushlagan. Kim biladi deysiz bu bilan cheklanib qolmagandir ... Vaholangki begona yigitga qo'lini tutqazgan bu qiz o'zi bilmagan holda gunohga ham botyapti ... Ha, ayni kunga kelib qizlarning xiyonati ham tobora avj olmoqda. Telefonda uyalmay yigitlar bilan behayo gaplar bilan gaplashib o'tirishadi. Qizlar nahotki Allohni unitib qo'yishgan bo'lsa ? ... Nima bo'lganda ham qiz bola xiyonat qilmasin ekan ... Qiz bolaga bunday qilish yarashmaydi. Ayol kishi olilaning ildizi, bezagi, yana bir bor aytaman muqaddas kishisidir !!! Bu hayotda o'z ota-onangiz, do'stlaringiz, sevimli yoringiz, farzandlaringiz bilan baxtli oilalalardan biri bo'lib yashashga nima yetsin ! Xulosani har kim o'z dunyo qarashidan kelib chiqgan holda chiqaradi. Aytmoqchi bo'lganim: Qizlar mayli xiyonat qilgan insoningizdan nafratlaning. Lekin sevimli insoningizga yuzaki qarab siz xiyonat qilmang ! Bu aslo sizga yarashmaydi ! To'g'ri yo'ldan adashmang inshaolloh ! Allohim hammamizni o'z panohida asrasin !!! ( hurmat bilan ABDULLOH)