Sen meni o'ylama, kirma tushimga, Aslo eslama meni bedor tunlarda. O'zing umidlarimni oqizib suvga, Yetar! Endi so'zlama bahtli kunlardan.
To'qnash kelma nogoh endi yo'limda, Makonimni olislardan aylanib o'tgin. Seni kutaverib ko'zim tolgandi, Sen ham bir meni zor bo'lib kutgin.
Sendan menga alvon gullar kerakmas, O'sha telba qalb ham endi menga begona. Birga-birga ottirmaymiz endi tonglarni, Bu dunyo men uchun bo'ldi g'amhona.
Bilaman, sevgisiz yashab bo'lmaydi, Uni tan olmaslik o'zi bir gunoh. Sen meni mehringdan etding benasib, Bugun uning pok mehridan men topdim panoh.
Mendan arazlama, bevafo dema, Men haqiqiy bahtimni uchratdim ishon. U sening azobingdan meni avaylab, Zimistondan olib chiqqan mehribon inson...
.
|