|
| | |
Главная » 2011 » Sentyabr » 8 » Qabrda Yotgan Ota Nidosi
09:11 Qabrda Yotgan Ota Nidosi |
Hayot qadriga yet tirik onlarda. Hali imkoniyat bordir jonlarda. Boshqa taom yo'qdir biz tomonlarda. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Ayovsiz shamoldek yelmoqda fursat. Unda sen iymoni qirrangni ko'rsat. Qasrlar qurishni bir zumga to'xtat. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Yangi hayotimga keltirmagin dog'. Biz yashar maskanlar o'zgacha chor bog'. Qishda ötin bo'lar yozda salqin bog'. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Farzanding talabin hargiz kulib ber. Ayolinnga mayli dunyo olib ber. Lekin qabrliklar faqat bir so'z der. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Bolam o'ynab kulgin qanddingni urib. Biroq bir holatni his etgin yurib. Uyali aloqang o'chirib turib. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Ishin o'ngla yordam kutgan homushni. Bajargil yetimdan qolgan yumushni. Va lekin unutma asosiy ishni. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Aza ham o'tadi o'tar zavqli to'y. Tugaydi bir kuni jamiy hayol o'y. Boshqa ish foydasin bermas bilib qo'y. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
O'g'lim jigargo'sham qalbim sururi. E'tbor berma ko'p g'amgin izlarga. Yaxshisi hayotning eng tezkor nuri. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Haqqimga duo qil yig'lab hilvatda. Doim qatnashib yur ilmiy suhbatda. Dunyoning ishlari bitar albatta. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Omon bo'lsin deyman hamisha boshing. Qadirla shiddatla o'tayotgan yoshing. O'zingga buyursin yuz kilo oshing. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Unut tiriklarga tegishli qoida. O'zga qoidalar biz kelgan joyida. Yig'lab eslashingdan yo'q ekan foyda. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
Ramozon oyida ro'zangni tutib. Zakoting kerakli manzilga yetib. Qurbing yetsa baytni ziyorat etib. Namoz o'qib duo yubor bizlarga.
.
|
Категория: Har-Hil SheRlaR |
Просмотров: 773 |
Добавил: Ukinch
| Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 3 | |
+1
Maslaxat bermoqchi emasman, Lekin shu sherdan kop ibrat olsa buladi
|
+1
100% Gapingizga qo'shilaman ibrat oladigon sher. Namoz jannat kalitidir
|
0
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
Copyright MyCorp © 2024
|
| |