Hayron bo'lma goh goh eslasam seni Nafratlansang ham garchi unutma meni Bil hamon yonib yonib sevyabman seni Senga bo'lgan sevgim hamon o'sha o'sha!
Joylab ketgan bo'lsang ham qalbimga og'riq Balki qiyindir senga mendan ham ortiq Unda eslatib qo'yay bir so'z bor iliq Senga bo'lgan sevgim hamon o'sha o'sha!
Noxaq mendan kechgan bo'lsang ham Garchi to'ldirgan bo'lsang ko'zlarimga nam Hursand bo'laveraman bir seni ko'rsam Chunki senga bo'lgan sevgim o'sha o'sha!
Yolg'izlikdan qalbim ezilar har on Ko'zlarim qidirib bo'lmoqda sarson Ishon sog'indim, sog'indim yomon Senga bo'lgan sevgim hamon o'sha o'sha
Kechir gar yaranga tuz sepgan bo'lsam Tinch qo'yaman seni qachonki o'lsam Hursand bo'larsan balki dunyodan o'tsam Lekin senga bo'lgan sevgim o'sha o'sha!