Ko'zlaringiz o'zgacha!!!
Beklarga hos hislatingiz ,so’zlaringiz o’zgacha , Meni mahliyo etgan ko’zlaringiz o’zgacha .
O’zgachadir nigohingiz vujudimni yondirar, Ko’nglim uzra qolib ketgan izlaringiz o’zgacha .
Ne-ne yigitlar ichra sizga yo’qdir hech qiyos , Hech kim sizga o’hshamas , to abad ,hanuzgacha .
Erursiz qalb quyoshim ,go’yo men chetda yulduz , Tunlari etmas nuringiz bu bedor yulduzgacha .
Ataydurman “Begim”debon ,nasib etsa Allohim , Yoningizda bo’lay o’zim ,bahorlardan kuzgacha .
Ko’zim tolmas kutishdan ,kifoyadir bilsangiz – Sizni bahtli etguvchi Munirangiz o’zgacha.
|