Жахонгир Позилжонов ўғиллик бўлди. Исмини Мўмин қўйди!
06:08
Жахонгир Позилжонов ўғиллик бўлди. Исмини Мўмин қўйди!
Jahongir Poziljonovni endi menimcha bemalol serfarzand ota deb atasak ham bo'laveradi. Chunki, kecha 21 avgust kuni Jahongir Poziljonov xonadonida yana bir chaqaloq dunyoga keldi. "Bojalar" guruhi yakkaxoning navbatdagi farzandi ham o'g'il!
Eng e'tiborli tarafi Jahongir o'z o'g'lini ismini "Bojalar" guruhidagi rahmatli sherigi Mo'minni yodga solib tursin deb Mo'min qo'ydi. Eslatib o'tamiz, Jahongirning birinchi farzandi o'g'il edi va uning ismini G'ayrat deb qo'yishgan edi. Undan keyin dunyoga kelgan shiringina qizaloqning ismini esa Rayhon deb atashgan. Uchinchi farzand esa Mo'min! Biz Poziljonovlar xonadonini yangi mehmon bilan muborakbod etgan holda unga uzoq umr, baxt va saodat, otalik-onalik bo'lib voyaga yetishini tilab qolamiz.