Boru yo'gim bergandim, u ham senga kam ekan, Seni sevib topganim alam ekan, g'am ekan. Nega hasta yuragim otding otash qa'riga, Chidyapman bir o'zim azoblarning ba'riga.
Sevgining ko'zlari ko'r, yolg'onlarni farq etmas, Aytgan shirin so'zlaring hayolimdan hech ketmas. Avval ozinga bog'lab so'ng ketding mendan yiroq, Yo'ldoshimga aylandi endi yolg'izlik, firoq.
Iforingni izlayman qolganmi deb shamolda, Sochlaringni silashga qo'lim yetmas hayolda. Telba bo'ldim majnunday, sahrolarda tentirab, Sen kelmading bir bora mening holimni so'rab.
Yuragimga ishq tig'in qadaganing kammidi, Boshdan olib hayolim, aldaganing kammidi. Yaralangan yuragim, qalbim choki so'kilgan, Hasratimdan bulutning ko'z yoshlari to'kilngan.
Aytgin sendan kechmoqlik bo'larmi dardga davo, Oshiq yurak hastadir, bo'ldim dardi bedavo, Osmonlarni titratar oshiq kunglim sadosi, Men sen uchun hali ham muhabbating gadosi.
|