Qayg’urib,uxlamay chiqqan tunlarim, Yolg’izlikda zulmat bo’ldi tunlarim. Nahotki, sevganim qadrim bilmasa, Hayotida zarracha o’rnim bo’lmasa…
Hayotning hamma lazzatlarini, Unga bag’sh etardim bari-barini. Lekin u bilolmas qalbim sirini, Hayotida zarracha o’rnim bo’lmasa…
Mexrimni ayamay unga bergandim, Eng sara xislarni unga tergandim. Men unda dunyoga nega kelgandim, Agar hayotida o’rnim bo’lmasa…
Unda bekor ekan aytgan so’zlari, Soxta sevgisidan yongan ko’zlari. Unda kerak emas hatto-o’zlari, Agar hayotida o’rnim bo’lmasa…
|