Главная » 2011 » Avgust » 16 » Arzimaslar sen to'kkan yoshga...
14:42 Arzimaslar sen to'kkan yoshga... |
Mening sarson, daydi hislarim, Arzimaslar sen to'kkan yoshga, Men yurakka yutgan sirlarim, Arzimaslar sen to'kkan yoshga...
Xavotirga qo'ygan tunlarim, Hayrli tun xatto demadim. Tunlar yozgan o'sha sherlarim, Arzimaslar sen to'kkan yoshga...
Yuzda kulgu, qalbing-da bilmam? Bu dunyoda men o'zi kimman? Bedorlikda o'tgan damlarim. Arzimaslar sen to'kkan yoshga...
Sukutdaman, qarshingda jimman, Tilga bir so'z kelmaydi hech ham, Ojizligin tan olgan so'zlar Arzimaslar sen to'kkan yoshga...
Sabolarga bitib xatlarim, Ammo tilda so'zlay olmadim, Panalarda to'kkan yoshlarim, Arzimaslar sen to'kkan yoshga...
|
Категория: SeVgi IzhoRlaRi |
Просмотров: 1397 |
Добавил: Ukinch
| Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1 | |
0
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|