Mana bir necha mavzumdan beri o'zbek liboslariga qiziqish katta. Chet elda uni “tribal chic” deb nomlashdi, unga ekzotik printlar va boshqa etnik elementlar qo’shilgan. Hozirda o’zbek print alohida trend sifatida tanilgan va “ikat” deb nomlangan (Ikat printni o’zi emas, balki uni bo’yash texnikasi, uslubidir).
O’zbek printi qachodan boshlab dunyoni zarb etganini aytish qiyin, lekin 2005 yilning o’zidayoq amerika modasining asoschisi - Oskar de la Rente o’zining bahorfi kolleksiyasida bir nechta “o’zbek” ko’ylaklar, yubka va shimlarini kiritdi. Bu printlar O’zbekistonda yashovchi rassom Rasul Mirzaahmedov tomonidan o’ylab topildi.
Oscar de la Renta
2007yilda iste’dodli dizayner Nikolya Gesker, beleniage moda uyi uchun yangi davrni belgillab berdi va podiumga o’zbek printlli ko’ylak modelini chiqardi.
Agar 2005 yilda oldin xech kim unga e’tibor qaratmagan bo’lsa, 2008 yilga kelib de la Renta ya’na ikat bilan tajriba qilib ko’rgandan so’ng, mayin o’zbek matolari gollivud yulduzlarni rom etdi v ular qizil yo’lakchalarda o’zbek printli ko’ylaklarda chiqa bo’shlashdi.
Gollivud yulduzlari
Shundan so’ng deyarli barcha brendlar kichigidan boshlab H&M, Forever21 kabi gigant brendlar ham kiyimlarida o’zbek naqshlardan foydalanishni boshlashgan.
Oskar de la rentaning omadli tajribasini Frida Djani- Gucci ning kreativ direktori ham takrorlab ko’rdi, 2010 yilgi Bahor- Yoz kolleksiyasida O’zbekiston madaniyatini namoyish etdi, shuningdek Dris Van Noten ham o’z kolleksiyalari uchun o’zbek motivlariga murojaat etdi va ulardan o’tgan sezonda foydalandi.
|