Mani erim yurib ketdi yurak bag’rim kuyib ketdi O’zim bilsam go’rga edi bu ovoza bo’lib ketdi Kech keladi ishidan ham ayrilganday hushidan ham Yurganini bilsa bo’lar ko’rayotgan tushidan ham Ro’zg’or, bola manga qolib o’tiradi o’yga tolib Telefoni jiringlasa gaplashadi bekinvolib Har nodon der folbinga bor issiq sovuq sehr bergin Biron dono aytmaydiki eringni sev mehr bergin Bolalarim bilishmasin ko’z yoshimni ko’rishmasin Kongli qolib otasini yomon ko’rib qolishmasin Qaynar g’iybat iya-iya eriz uylanvoganmisha Yonin olib urishaman ajab qibti sizga nima Opam ko’rib boshlar rosa xotinbozmish ering rosa Nima qisin xotinlariz o’zi erkakvoz bosa Eplabtimi yurivosin mayli o’ynab kulivosin Mani mulki davlatimda davru-davron surivosin Voy sen axmoq voy sen beor sanga kerak bo’lmasa yor Sot kimoshdi savdosida mahallangda ochib bozor Pochchangni ko’r qanday erkak chakki yurmas toza yurak Mani erim zo’rda sizzi latta eriz kimga kerak Voy zo’r bo’lgan ering qursiz bino qo’ygan shering qursin Sanga jonim kuyibdiya yurmog’idan ortiq yursin Qizg’anmediyam eh sani yana ortiq kerilgani Nimasini qizg’anaman tortmidimi yeyilgani G’iybat qilib ochmang bozor hamma ishni fursati bor Endi bitta olibdi asli tortagacha ruxsati bor Yuramanu bermay sirim ammo yurak tilim tilim Kundoshli xotinlar bekor chhekishmagan ekan chilim Kimu jonon bilgim kelar aptini bir ko’rgim kelar Tutib olib sochlarini bitta bitta yulgim kelar Borgim kemas mehmongayam boqqim kemas insongayam Janjal qil deb gijgijlaydi ish topildi shaytongayam Yetib bor der o’sha yerga ikkalasi hozir birga Bormaymaney jinnimanmi g’ururimni urib yerga Nima foyda urishlardan qozilashib yurishlardan O'q otayin kundoshlarga mag’rur qarab turishlardan Er ko’ngli qush uchib ketar sovuq yerdan ko’chib ketar Tutmoq uchun don sepayin miltiq ochsam qochib ketar Ranjimasin erim mayli zo’r ayol er talashmaydi Boplab qo’yar edimkuya bu ish manga yarashmaydi Nodonga donolik qilay sahroga daryolik qilar Do’stim qilsa begonalik man unga oshnolik qilay Jilsin desam tosh joyidan bo’lay erimni poyidan Quyosh bo’lib mehrim sochib ayni payt o’sha oyidan Pardozlab yuz ko’zi qoshni quvnoqlikka olib o’zni Har tong qarab tosh oynaga takrorlayman bitta so’zni Ming turlansiz o’sha layli marhaboga o’xsholmaydi Kiygan bilan kovushimni qilolmaydi yurishimni….!!!!