Главная
Регистрация
Вход
Payshanba
21.11.2024
21:50
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Www.Uz-DunYo.CoM

Меню сайта

Категории раздела
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Мультфильмы / Multfilmlar
Концерты / Konsertlar
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Новости / Yangiliklar
Ужасы / Qo'rqinchli
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма /Drama
Боевик / Jangari
Комедия / Kulgili
Фантастика/Fantastika
Клипы / Kliplar
Документальные / Hujjatli
Юмори / Xazillar
Триллер / Triller
Статья / Maqola
Кухня / Oshxona
SeVgi IzhoRlaRi
Har-Hil SheRlaR
Спорт / Sport
Исторические/Tarixiy
Yulduzlar / Xaqida
Телепередачи / TV Ko'rsatuv

Мини-чат

Ob-Havo


FOTOGALERIYA

  
Главная » 2011 » Aprel » 29 » O'zbek qizlariga nima bo'lyapdi?
11:10
O'zbek qizlariga nima bo'lyapdi?
Yaqinda internet yangiliklaridan birida bir maqolani oqib ancha kayfiyatim sindi... Bu maqolani albatta sizlar ham oqib chiqishlaringiz kerak deb oyladim. Balkim bu kim uchundir dars bolar kimlar uchundir esa ehtiyotkorroq bo'lishni talab qilar. Nima bo'lganda ham men bu maqolani ozgina ozgartirib yumshoqroq va ommaboproq qilishga harakat qildim. Ammo mavzuning asosiy ozagi va manosi shundayligicha qoldi. Sizlardan iltimosim bu maqolani ohirigacha oqib chiqishlaring…

O'zbekistondagi konservativ oilaviy qarashlarga binoan kelinning bokira bo'lishining shart ekanligi hali ham juda mustahkam, biroq XXI asr va azaliy qadriyatlar o'rtasida arosatda qolgan o'zbek qizlari o'zgarmoqda.

"Kuyovlar ham ancha aqlli bo'lganlar, qizlar ularni aldashlari mumkinligini biladilar" - biz bilan hozirgi yoshlarimiz haqidagi suhbatda Andijonlik jurnalist Matluba Azamatova.

Uning so'zlariga ko'ra, mana 5-10 yildirki, Andijonda aksariyat oilalar to'ydan oldin Kelin bo'lmishning bokira ekanligiga Ishonch hosil qilish uchun TIBBIY ko'rikdan o'tishni talab qilayotir.

"Odamlar to'yga katta harajat qilgach va to'y bahona ancha asablari charchagach kelinning bokira emasligi aniq bo'lishidan havotirlanadilar" - dedi kuyov tomondagi shubha-gumonlarni tushungan Matluba Azamatova.

Uning so'zlariga ko'ra ko'pincha bokira deb hisoblangan qizning bokira emasligi aniq bo'ladi. TIBBIYOT hodimlarining yordamida qizlar bokiralikni tiklab to'y oqshomi iffatli KELIN rolini qoyilmaqom ijro qiladilar.

"Qizning haqiqatdan bokira ekanligini yoki aldaydiganini kuyov qanday bilishi mumkin" - Degan savolga yelka qisib qo'ya qoldi Matluba Azamatova.

Buhorolik shifokor-ginekog X.Xxxxx(ismini sir tutishni lozim topdik) fikricha, bokiralikni tiklash bo'yicha jarrohlik amaliyoti shunchalik sifatliki, qiz bemalol qo'rqmasdan o'z qonuny eri huzuriga borishi mumkin.

Ilgarilari bunday nozik masalada shifokor huzuriga keladiganlar sony juda kam bo'lgan bo'lsa, hozirgi paytlarda ularning sony juda ko'p. Qizlar abort qildirish uchun va bokiralikni tiklash maqsadida kelmoqdalar.
Bu kabi hizmatlarga talab shunchalik ko'payganki, suhbatdoshimiz X.Xxxx ham shahsiy shifohonaga ishga o'tib abort qildirmoqchi bo'lgan va bokiraligini tiklash maqsadida kelgan mijozlari bilan ishlamoqda.

Bunday jarrohlik amaliyotining narhi 100-150 AQSH dollari. Men o'z mijozlarimga kafolat beraman. Ular oldimga to'ydan uch kun oldin keladilar. Hamma hursand ... "- Deydi ayollar shifokori, genekolog X.Xxxxx.

Bazi o'zbek qizlar nikohgacha bokiralikni saqlashga urinadilar, boshqalari to'ydan oldinroq shifokor ko'magidan foydalanishga umid qiladilar, bazilari esa haqiqatdan sevgan erkak qizdagi hislatlarni qadrlashiga Ishonib boshқa narsaga etibor bermasliklariga ishonadilar.
Biz bilan bo'lgan Buhoro viloyatidagi oliy o'quv yurtida oqiyotgan bir qarashda oddiy bir o'zbek qizini suhbatidan hayratda qodik;
"Men Buhoro Oliy o'quv yurtida o'qiyman, Ancha paytdan beri bokira emasman - dedi 19 yoshli talaba qiz - Men bilgan birinchi erkak institutda yuqori lavozimda ishlaydi, sessiyamni yopadi, Meni kiyintiradi, ijara haqqini to'laydi. Men yahshi yashashni hohlayman. Turmushga chiqish vaqti kelsa jarrohga borib bokira bo'lib olaman" deydi talaba qiz.

Suhbatdoshlarimizning har hil sohada ishlashlariga qaramasdan hozirgi yosh o'sib kelayotgan o'zbek qizlari haqidagi fikrlari bizni chuqur o'yga toldirdi. Nahotki ming yillik o'zbek halq qadriyatlari endi qizlarimiz uchun bir pul bo'lsa???
Bu nima zamon, taraqqiyotmi? Yoki ajnabiylarga havasmi qizlarimizdagi? Holbuki ajnabiylar hayotidagi umr bo'yi qiladigan ohiri voy gurbatu o'ligi yaqinlari tomonidan ko'milmasdan o'likhoda oylab qolib ketishi va ohiyri umumiy egasiz o'liklar bilan birga kimlardir tomonidan ko'milib ketadigan KAYFU-SAFOMI..???

Категория: Статья / Maqola | Просмотров: 2076 | Добавил: UzDunYo | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
0  
1 ShuRiK   (09.06.2011 00:19) [Материал]
Mda bu borada qizlarga umuman havas qilib bo'midi.... Bu borada mujiklani omadi chopgan biggrin biggrin biggrin .... Operasiya shart emas biggrin To'ygacha ancha qiz bilan yurib qo'yishga ulgiradi biggrin

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish

Malumot izlash

Yangi kun tartibi
«  Aprel 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

SMS




Sayt Faollari

UzDunYo

Пол: Ayol
Новостей:2585

Administrator



_DAVRONBEK_

Пол: Erkak
Новостей:1489

Do'st



Ukinch

Пол: Erkak
Новостей:1262

Moderator



Axliddin

Пол: Erkak
Новостей:202

Administrator



nodirbek547

Пол: Erkak
Новостей:756

Moderator



Copyright MyCorp © 2024