Главная
Регистрация
Вход
Payshanba
21.11.2024
19:39
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Www.Uz-DunYo.CoM

Меню сайта

Категории раздела
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Мультфильмы / Multfilmlar
Концерты / Konsertlar
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Новости / Yangiliklar
Ужасы / Qo'rqinchli
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма /Drama
Боевик / Jangari
Комедия / Kulgili
Фантастика/Fantastika
Клипы / Kliplar
Документальные / Hujjatli
Юмори / Xazillar
Триллер / Triller
Статья / Maqola
Кухня / Oshxona
SeVgi IzhoRlaRi
Har-Hil SheRlaR
Спорт / Sport
Исторические/Tarixiy
Yulduzlar / Xaqida
Телепередачи / TV Ko'rsatuv

Мини-чат

Ob-Havo


FOTOGALERIYA

  
Главная » 2011 » Mart » 29 » Koreyslardan Nima Topding O'zbek Qizi?
16:45
Koreyslardan Nima Topding O'zbek Qizi?
                      
 
 
 
 
 
 
 
Assalomu alaykum hurmatli Sayyod va sayyod muhlislari, saytingizga anchadan
beri qiziqib kuzatib boraman, saytingiz haqiqatguyligi, rang barangligi bilan
boshqa saytlardan keskin farq qiladi va har qanday muhlisni uziga jalb
qiladi!!!

Hozirgi aytmoqchi bulganlarim iltimos Sayyod menga maslahat bering, nima qilsam
tugri buladi...

Bundan bir necha yil avval koreyalikka turmushga chiqib bahtsiz qizlar qatoriga
qushildim, ha turmush urtogim islom dinini qabul qilib, katta tuy qilib ota
onamni roziligini olib uz yurtiga olib keldi, boshida hammasi yahshiday edi,
masjidlarga ham birga borib islomiy darslardan talim olib turdi, lekin ushanda
bularning hammasi yolgon shunchaki ekanligini bilmagan edim...

Bu orada boshqa uzbek qizlari bilan ham aloqa qila boshladim, kurishganimizda
hamma qizlar uz dardlarini yiglab gapirib berishardi, tugrisi hamma
pushaymonda, hamma armonda, hamma arosatda...

Hayotimda tushunmovchililar juda kup bulardi, koreys halqini na madaniyati, na
urf odati bizga tugri keladi, tugrisini aytsam ularni inson qatoriga qushmagan
bulardim, ular hayotni faqat pul bilan ulchashadi, judayam isqirt halq,
ichkiliksiz hayotlarini tasavvur qila olishmaydi...Bundan tashqari ha butun
koreys erkaklari judayam sovuq, yahshi gap, shirin suz, hatto kuzlarida mehr
ham yuq, buni bu yerdagi uzbek qizlarini hech qaysisi inkor qila olmaydi

Bu orada koreys tilini urgana boshladim, keyin uyda utirganimni tana qila
boshladi, charchab ishlab kelayapman, uyda mazza qilib utiribsan deb siqa
boshladi, kup siqilishlardan homilamni yuqotdim, yuqolganiga hali 1hafta
bulmasdan majburlab ishga chiqarib yubordi, ishlagan pullarimni quimdan tortib
olardi, norozilik bildirsam 1sumsiz, hamma narsamni olib uy kiyimida kuchaga
chiqarib quyardi, ertalabgacga utirib chiqqan paytlarim buldi, bir kuni hamma
narsa jonimga tegib yordam berish tashkilotiga murojaat qildim, irodamni yigib
ajratib berishlarini va uyga qaytib ketish uchun biletga yordam berishlarini
suradim, ular urtaga tushgandan keyin hujaynim tavba qilib oyogimga yiqilib yalinib
kechirim suradi, vaholanki bu holat undan keyin ham necha marta takrorlandi,
qisqasi men ham bunday rasvo hayotga kunika boshladim, keyin farzandlik buldik,
uydagilarim chaqaloqqa deb kiyim kechaklar posilka junatishdi, bunga urganib
bittayam kiyim olmasdi bolasiga, masjidga borishlar hammasi

allaqachon unut bulgandi, hatto bir kun u devorda osilib turgan
kabatillohni rasmini olib kuz oldimda yirtib tashladi, kuzim qinidan otilib
ketay dedi, qulimdagi bolamni tortib olib kuchaga haydab yubordi, yiglab yiglab
uydan chiqib dugonamnikiga ketdim, ertasiga qaytib keldim, lekin uyga
kirgizmadi, 3oy meni qiynab farzandimni kursatmay qiynadi, bu orada esa qonuniy
avtomat tarzda ajrashib olibdi, bu yerda shunday qonun bor, ayol kishi uydan
chiqib bedarak ketsa eri ajrasha oladi, lekin men atigi bir kundan keyin
qaytuvdim, bu orada bormagan joyim qolmadi, ayollarni huquqini himoya qildigan
birorta tashkilot yordam berolmadi, bu yerni qonuni esa farzand 100%ota
ihtiyorida, shunday qilib yalina yalina bir kun uchrashdik, va ajrashganimizni
aytib, agar hohlasang uyda yashayver lekin biz uje 1 oilamasmiz dedi, nailoj
farzandim uchun rozi buldim, bunday deyishini sababi bolani boqtirish uchun
beradigan joyga 700$ tular ekan oyiga, usha pulni tejash uchungina shunday dedi,
mana bir necha oydirki shu men uchun begona bulgan uyda yashayapman, lekin
kunimni bermaydi, uradi, sukadi, hohlasang chiqib ketaver deydi, farzandim
uchun zurga chidayapman, iltimos Sayyod maslahat bering nima qilay?

Bu uydan chiqib ketay desam farzandimga kuzim qiymaydi, chiday desam men ham
odammanku......

Tugrsini aytsam bu yerga kelgan uzbek qizlari hammasi uzini ichidan utganini
uzi biladi, koreyslarni esa dinni qabul qilgani hammasi yolgon, ularda ayolim,
jufti halolim degan tushunchalar judayam yiroqda, uzbek yigitlariga, uzbek
oilasiga teng keladigani yuq ekan, afsus, afsus, afsus...

Z.
 
 
Sayyod:
Афсуски уларнинг қонунини билмаганим учун бирон жўяли маслахат бера олмасам керак. Лекин Кореяда бир қанча юртдошларимиз бор, улар орасида қонунни биладиганлари ва хатто ёрдам бера оладиганлари топилар деб ўйлайман.

Эх ўзбек қизлари бунча соддасиз дегим келади. Экрандан кўринган сиймо ортида сиз билмаган урф удум, ва хаттоки бутун бошли сиз умуман билмаган мамлакат турган бўлса хам интилиб кетаверасизлар.
Олдингда оққан сувни қадри йўқ, узоқдаги қуйруқдан яқиндаги ўпка яхши деган мақоллар бекорга эмасдир?

Нима учун ўзбек йигитларимиз орасида бошқа миллат вакилига уйланишлар (нисбатан!) кам? жуда кам деса хам бўлади.

Тв каналларимизда эса шу корейс сериалларини тарғиб қилишгани қилишган, твнинг оддий элементар психологик кучи хақида тв рахбариятининг билими нақадар суст.
Атрофга қаранг! Жамият бонг урмоқда! Кореяни бир қаранг қанча ўзбек қизлари бахтсиз бўлмоқда!

Майли режиссерларимиз кассабопликдан ортмаяпти, сериаллар ишлаб чиқара олмаяпти, лекин нима учун ўзга давлат сериалларини тарғиб қиламиз?

Причем тут режиссерларимиз ва сериаллар?
Жуда причем!
Роса причемде!
Халқнинг аксарияти хаммаси хам ақлли ва зиёлими? Айниқса бизнинг халқимиз соддалиги билан аён. Фонограммасигаям, жоонлисигаям қистириб чапак чалиб хурмат қилиб турган халқ, сериалга ишонмайдими?
Тв, радио ва кино ходимлари доим мана шу психологик таъсири хақида унутмасликларини истардим.


Ишқилиб тв каналларимизда афроамерикаликлар сериалини айлантирмасин деб хадиксираб қолдим тўғриси.
Йўқ, расист эмасман, миллатчи хам эмас.
Шунчаки корейс сериаллари натижаси бу бўлса, афроамерикан сериалларнинг натижасини тасаввур қилишга хам қўрқаман.

Ватандошларимиз орасида Кореяда бўлганлар шу қизимизга ёрдам беришларини сўрардим.
 
Категория: Разное / Har hil | Просмотров: 1328 | Добавил: UzDunYo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
0  
1 UzDunYo   (29.03.2011 17:19) [Материал]
Ohirgi pushmon o'gingga dushman deb bekorga etilmagan,,,,,,,,siz va sizga o'hshagan qizlar "PUL" uchun tegib ketavergansla,,,,,,,,,.ha yan bir gap,,,,,,,,etibor yani Uzbekistondagi qo'ni qo'shniyu,,,,,,qarindosh uruglar VOY PALONCHINI QIZI PISMADONCHI KOREYAGA TURMUSHGA CHIQIBDI" degan gaplar etishlari uchun turmushga chiqqansizlar Koreyslaga,,,,,balo bormi arzimagan 40, 50.000 $ uchun butun hayotilani tahlika va azobga qo'yib,,,,,,,,,qip-qizil ahmoqsizlar,,,,,,,,Uzbek yigitlari qizlani qadrini bilmidi,,,,,Uzbek yigitlari unday Uzbek yigitlari bunday deb JAR solishni bilasla,,,,,,,ohirida mana shunday yiglab,,,,kelib yordam beringlar unday bo'ldim bunday bo'ldim,,,,,,,,,,koçhada qoldim falon deb yozib, etib chiqasla
Nima bo'lganda ham Alloh sab bersin siz va sizga o'hshab KOREYSGA turmushga chiqqanlaga i sizga o'hshab qiynalib 2 yo'l orasida qolganlaga

Uzbga qaytgan taqdirizda ham sizga Uzbek yigiti ASLO uylanmiydi,,,,,,,Uzbek yigitlarini "GURURI" bunga yo'l qo'ymidi, o'zlarini gururini oyoq osti qilib qo'ymiydi


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish

Malumot izlash

Yangi kun tartibi
«  Mart 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

SMS




Sayt Faollari

UzDunYo

Пол: Ayol
Новостей:2585

Administrator



_DAVRONBEK_

Пол: Erkak
Новостей:1489

Do'st



Ukinch

Пол: Erkak
Новостей:1262

Moderator



Axliddin

Пол: Erkak
Новостей:202

Administrator



nodirbek547

Пол: Erkak
Новостей:756

Moderator



Copyright MyCorp © 2024