|
| | |
Главная » 2011 » Dekabr » 21 » Qanchalar qiyin so'z ''Meni kechir'' deyish.....
20:09 Qanchalar qiyin so'z ''Meni kechir'' deyish..... |
Qanchalar qiyin so'z ''Meni kechir'' deyish.....
Ba'zan o'ylanib qolaman,''Nima uchun insonlar bir-birini dilini osongina og'ritadi-yu,ammo kechirishda esa ancha o'ylanib qoladi?''Nima uchun besh kunlik hayotimizni dil xiraliklarga to'ldiramiz,o'tkinchi umrni dil ozorlikka,xiyonat,yoki har xil bekorchi gap-so'zlar bilan to'ldiramiz?Ha,beayb Parvardigor-Alhamdulilloh!Ammo inson degan nomni Alloh bizga bergan ekan ,nima uchun shu nomni gohida oqlash esimizdan chiqadi?Ba'zida keraksiz narsalarga ''uzr''so'raymizu,ammo ota-onamizdan ''Meni kechiring''degan so'zni aytmaymiz.Yo bo'lmasam begona insonlardan,ayniqsa sengga ozor bergan insonlardan hattoki ''kechirim''so'raymiz-u,ammo bizni doim qadrlagan insonni dilini og'ritib''kechirim''so'rashni unutamiz.Bu dunyoda har kim o'zicha haq.BU haqiqat,ammo insonni buguni bor-u ertasi gumon.Oxirgi marta qachon bergan ozorimiz uchun o'z yaqinimizdan ''kechirim''so'raganmiz?Eslolmaymiz....Bu ayni muddao.Ammo bu dunyo oqar suv kabi:bugun ko'rgan insoning ertaga bo'masligi mumkin.Men ham qaysidir ma'noda kechirim so'rashim kerak bo'lgan odamimdan vaqtida 'uzr'' so'ramaganim uchun afsusdaman.Chunki u bugun yonimda emas,Tangri bag'rida.Ha,to'g'ri,odamzot hech qachon bilmaydi qachon kelib,qachon ketishini,ammo ''kechirim''sorash -uning kechi yo'q!
Aytmoqchi bo'lganim shuki,shu qisqa berilgan umrimizni behuda dil-ozorliklar bilan to'ldirmaylik,chunki inson g'animat,diydor g'animat,kim biladi balki shu dil-xiralik kimningdir quvonchdan qora zulmatga g'arq bo'lishiga,kimningdir bu hayotdan erta so'nishiga sababchi bo'lishi ham hech gap emas!Har kimning vijdoniga havola,albatta.Lekin hammamiz omonat ekanligimizni unutmasak bas!''Meni kechir''degan so'z insonni cho'ktirmaydi,so'ymaydi yoki o'ldirmaydi,aksincha ''mehr paydo bo'ladi,o'zaro mehr-oqibat paydo bo'ladi.Aslini olganda biz hech kim emasmiz kimnidir kechirish yoki kechirmaslikka.Olloh guvoh,u hammasini ko'rguvchi,bilguvchi,faqatgina U bizga hukm chiqarishi mumkin,biz ham oddiy bandamiz,shunday ekan birovga ham ozor bermaylik,ham biror hukm chiqarishga shoshilmaylik. Shunchaki kechirimli bo'lishni o'rganaylik,kechirimli bo'laylik.Shunda hamma dilxiraliklar yoq bo'ladi!
Bilib bilmay sizlarni ham dilinglarni ranjitgan bo'lsam UZR so'rayman!!!
|
Категория: Статья / Maqola |
Просмотров: 836 |
Добавил: UzDunYo
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|