Endi baxtli bo’larmikanmiz, Dilda yana qayg’ular, g’amlar. Endi baxtga kechikkandaymiz, So’ngandayin biz yoqqan shamlar.
Biz deb kuygan fasllar o’tdi, O‘tdi bizni o’pgan sabolar. Tark etgandek ishq shivirlari, Dilda tag’in g’amgin navolar.
Bir paytlar, parvo qilmabman Aytar eding...xayotimga kir! Oldda meni kutyapti baxt deb, Seni tashlab ketgandim, kechir!
Juda baxtli bo’lgim kelyapti, Ko’zimdan yosh quyilar kulsam. Nima gunoh axir menda ham, Saroblarga ishongan bo’lsam.
Bugun shundoq bir g’arib holman, Yurak to’la qayg’uday, ohday. Ne qilarim bilmayin lolman, Oltinlari mis chiqqan shohday.
Bilsang agar ushandan buyon, Hayot ummonida no tinchman. Sen bilmassan, boshqalar bilar, Kuzlarim kulmas, Oddiy UKINCHMAN
.
|