|
| | |
Главная » 2011 » Noyabr » 5 » HAYIT KUNI ARSHNI LARZAGA SOLGAN VOQEA
01:16 HAYIT KUNI ARSHNI LARZAGA SOLGAN VOQEA |
Janobi payg'ambar hayit namozini o'qib chiqayotganlarida ko'chani chekkasida yerga qarab yig'lab o'tirgan 4 yoshlardagi yetim bolani ko'rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga minib, ota-onalari qo'llariga shirinlik tutgan kunda haligi bola g'amgin edi. Payg'ambar s.a.v. shu bolani oldiga bordilar va so'radilar: - Nima uchun yig'laysan, ey bola? - Men yetimman yo Rasululloh. Mening otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo'q. Janob payg'ambar s.a.v. bag'irlariga bosib, peshonasini silab: - Yoshlikda men ham yetimlikda o'sdim, katta bo'lgach qavmim meni sig'dirmay boshqa shaharga hijrat qildim, - dedilar. Yana boladan so'radilar: - Sen ota-onalik, aka-ukalik bo'lishni hohlaysanmi? - Albatta hohlayman. Men ham boshqa bolalarga o'xshab o'ynashni hohlayman. Rasulluloh bolani qo'llaridan ushlab, uylariga olib bordilar va bolaga dedilar: - Men Muhammad s.a.v. sening otang bo'lay. Oisha onang bo'lsin. Ali sening akang-u, Hasan-Husanlar ukang bo'lsin. Fotima sening opang bo'lsin. Bola xursand bo'ldi. Yuvintirib, biroz narsa berib, qornilarini to'ydirgandan keyin bola aytdi: - Mening ham bolalarga o'xshab ko'chaga chiqiqb o'ynagim kelayapti. Rasululloh bolani qo'llaridan ushlab ko'chaga o'ynatgani olib chiqdilar. Boshqa bolalarni ko'rgan haligi norasida: - Ey, otajon. Anavu bolalarni qarang, ularni ota-onalari tuyaga mindirib qo'yibdilar. Mening ham ota-onam bo'lganida tuyaga mindirardilar, - dedi. Rasululloh muborak qo'llarini yerga qo'yib, tizzalari bilan yurib, yetim xursand o'lsin deb Madina ko'chalarida yelkalariga mindirib yurdilar. Bola yana atrofdagi bolachalarga qarab: - Yo Rasululloh, anu bolalarning tuyalarining og'zida jilovi bor ekan. Mening tuyamning jilovi yo'q-ku! - dedi. Rasululloh muborak sallalarining peshini olib, og'zilaridan o'tkazib, yelakalridan oshirib, bolaga berdilar. U bo'lsa goh-gohida oyog'ini silkitib qo'yardi, jilovni tortardi. Ba'zi tuyalarning ovoz berib "aff-aff" dedydigan odati bor edi. Hali bola Payg'mbar s.a.v.ga: - Ey, otajon, bularning tuyasini qarang, ovoz berib, "aff-aff" deydi. Nega meniki afflamaydi, - dedi. Shunda Jabroil amin a.s. kelib: - Yo, habibulloh! Alloh sizdan rozi bo'ldi. Yetimni xursand qildingiz. Alloh subhanahu va taolo amr qildiki, "Jamiki ummatimni gunohini avf qil deya ikki bor "aff-aff" deng. Habibimiz s.a.v. ikki bor "avf-avf" deganlarida, hazrat Jabroil aytdilar: - Ey, Muhammad s.a.v. uchinchi avfni aytmang. Arshi a'lo larzaga tushdi. Uchinchi avfni qiyomatga qoldiring...
|
Категория: Ислам / Islomiy |
Просмотров: 616 |
Добавил: Axliddin
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|