|
| | |
Главная » 2011 » Noyabr » 1 » Iztirobli xat
|
Sizni sog'indim. Shunday sog'indimki, sog'inchdan yuragimning tub-tubidan ismingiz bot-bot takrorlanmoqda. Sizdan keladigan maktubni intizor bo'lgancha kutmoqdaman. Unda sizning butun vujudingiz, nafasingiz sezilib turadi. Sog'inch sizni ham o'z iskanjasiga olgandir? Siz ham meni sog'inib qay ahvolga tushgan ekansiz? Kun va tun xayolimda. Siz.ko'z o'ngimda menga qadrli va qadrdon qiyofangiz bilan paydo bo'laverasiz. Tun kirishini yomon ko'raman. Chunki, tunda sizga bo'lgan sog'inch avj oladi. Tun sukunati barcha narsani o'zining qorong'i pardalari ortiga yashuragi. Lekin mening sog'inch hislarim yo'qolmaydi. Tong esa tunni o'z makoniga kuzatguncha men judayam qiynalib ketaman. Ertalab ming yil bemor yotgan odamdek o'rnimdan turaman. Sizsiz yasholmasligimga necha bor amin bo'ldim. Siz mening hayotim ekanligingizga ishondim. Siz yonimga qaytgan kuningiz men uchun eng katta bayram bo'lajak. Va o'sha kunni intiq bo'lib kutmoqdaman...
|
Категория: SeVgi IzhoRlaRi |
Просмотров: 703 |
Добавил: nodirbek547
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|