Главная
Регистрация
Вход
Payshanba
21.11.2024
14:57
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Www.Uz-DunYo.CoM

Меню сайта

Категории раздела
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Мультфильмы / Multfilmlar
Концерты / Konsertlar
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Новости / Yangiliklar
Ужасы / Qo'rqinchli
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма /Drama
Боевик / Jangari
Комедия / Kulgili
Фантастика/Fantastika
Клипы / Kliplar
Документальные / Hujjatli
Юмори / Xazillar
Триллер / Triller
Статья / Maqola
Кухня / Oshxona
SeVgi IzhoRlaRi
Har-Hil SheRlaR
Спорт / Sport
Исторические/Tarixiy
Yulduzlar / Xaqida
Телепередачи / TV Ko'rsatuv

Мини-чат

Ob-Havo


FOTOGALERIYA

  
Главная » 2011 » Oktyabr » 11 » DONALAB "SIGARETA" SOTISH TAQIQLANDI
09:34
DONALAB "SIGARETA" SOTISH TAQIQLANDI


2011-yil 4-oktabr kuni «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

Ushbu hujjat alkogol va tamaki mahsulotlarining fuqarolar salomatligiga zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan qonuniy hujjatlarning navbatdagisi bo‘ldi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizatsiya qilinishini, shuningdek, tarkibidagi inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zararli moddalar miqdori yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori me’yordan ortiq bo‘lgan alkogol va tamaki mahsulotini import qilish taqiqlanishini tartibga soluvchi huquqiy normalar belgilab qo‘yilayotgan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun hujjatiga ko‘ra quyidagi yangi tartiblar joriy etildi:

- Pivo alkogol mahsulotlari tarkibiga kiritildi.
- Davlat organlariga alkogol va tamaki mahsulotlari cheklovi uchun vakolat berildi.
- Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish faqatgina yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Turli mustaqil rastalarda (maktab va metro atrofida tamaki sotayotgan mayda tadbirkorlar ham) bu mahsulotlarni sotish qonunan taqiqlanadi.
- Alkogol va tamaki mahsulotlarining zarari haqidagi yozuv etiketkaning 40% maydonini egallashi lozim (avval 20% edi).
- 20 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
- Ta&lim, sport va diniy muassasalardan 500 metr kam radiusda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
- Ochiq pachkadan donalab sigaret sotish taqiqlanadi (bolalar uchun olish imkoni bo‘lmasligi maqsadida)
- Alkogol va tamaki mahsulotlarining har qanday reklamasi taqiqlanadi.
- Alkogol va tamaki mahsulotlarining har qanday ochiq va yashirin targ‘iboti taqiqlanadi. Klip, film, plakat, fotografiya va badiiy postanovkalarda alkogol va tamaki targ‘ib etilmasligi kerak.
- Jamoat joylarida (ish joyi, ko‘cha, stadion, maydon, park, jamoat tarnsporti) alkogol mahsulotlarini iste&mol qilish taqiqlanadi.
- Ish joylari, sog‘liqni saqlash, ta&lim muassasalari, sport-sog‘lomlashtirish maskanlari, yong‘inga xavfli joylar, avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari, jamoat transportida tamaki mahsulotlari iste&moli taqiqlanadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda alkogol mahsulotlari iste’moli bilan bog‘liq kasalliklar va jarohatlardan har yili 2,5 million odam vafot etadi, ulardan 320 ming nafari yoshlardir. Tamaki mahsulotlarining iste’moli 2008 yilda dunyo bo‘yicha 5 milliondan ortiq odamning o‘limiga sababchi bo‘lgan.


qadriyat.uz

.
Категория: Новости / Yangiliklar | Просмотров: 1529 | Добавил: Ukinch | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish

Malumot izlash

Yangi kun tartibi
«  Oktyabr 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

SMS




Sayt Faollari

UzDunYo

Пол: Ayol
Новостей:2585

Administrator



_DAVRONBEK_

Пол: Erkak
Новостей:1489

Do'st



Ukinch

Пол: Erkak
Новостей:1262

Moderator



Axliddin

Пол: Erkak
Новостей:202

Administrator



nodirbek547

Пол: Erkak
Новостей:756

Moderator



Copyright MyCorp © 2024