|
| | |
Главная » 2011 » Avgust » 30 » Tutgan ruzangiz, duoingiz qabul bulsin inshoollox
12:08 Tutgan ruzangiz, duoingiz qabul bulsin inshoollox |
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan, Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin Arazlashgan bir-birini kechirsin Olloh olov kamzullarni yechirsin Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak!
.
|
Категория: Har-Hil SheRlaR |
Просмотров: 744 |
Добавил: Ukinch
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|