|
| | |
Главная » 2011 » Avgust » 30 » Rossiyaga 250 grammdan ortiq "nosvoy” olib kirish taqiqlandi
11:56 Rossiyaga 250 grammdan ortiq "nosvoy” olib kirish taqiqlandi |
Anons.uz internet nashrining xabar berishicha, xorijlik fuqarolarining Rossiyaga kirib-chiqishini tartibga solish bo’yicha qabul qilingan yangi tartibga ko’ra, bundan buyon Rossiyaga 250 grammdan ortiq "nosvoy” olib kirish mumkin emas. Qoidani buzganlardan "nosvoy” tortib olinib yo’q qilinadi va tartibbuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. "Nosvoy”larga qarshi bu choraning nima sababdan qabul qilingani haqida izoh berilmagan.
Hujjatda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiyaga kirish va chiqishida lozim bo’ladigan hujjatlar nomi va ro’yxati ham keltirilgan. Unga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishlari, chiqishlari, tranzit o‘tib ketishlari, u yerda bo‘lishlari va yurishlari uchun asosiy hujjat bo‘lib quyidagilar tan olinadi:
- diplomatik pasport;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
- O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga etmagan fuqarosining guvohnomasi;
- O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma (faqatgina O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun).
Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma Rossiya Federatsiyasi hududiga vizasiz asosda kirishga ruxsat beruvchi hujjat bo‘lib hisoblanmaydi. Voyaga etmaganlarning RF vizasini olishni talab etmaydigan yo‘l hujjati bo‘lib bolaning otasi yoki onasining O‘zR fuqarolik pasporti (bolaning rasmi yopishtirilgan holda) yoki O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga yetmagan fuqarosining guvohnomasi xizmat qiladi.
|
Категория: Новости / Yangiliklar |
Просмотров: 1052 |
Добавил: Ukinch
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|