Do'stimga atalgan noma
Sog'inganda yuraklarim pora-pora,
Bog'lar kezar,o'tar umrim,beun,besas.
Mayli yilda
ko'rishmasak ham bir-bora,
Qayda bo'lmang,menga omon bo'lsangiz bas!
Men hayotning gulbog'idan hijron terdim,
Bir
bag'ritosh hur qizga ko'ngil berdim.
Endi boshga neki
tushsa o'zdan ko'rdim,
Siz baxtiyor sho'xu xandon bo'lsangiz bas!
Ayro-ayro taqdir yo'lim tutash emas,
Tuxmatlardan meni asrab qolsangiz bas,
G'iybatlardan goho
yonim olsangiz bas.
Siz men tomon,siz men taraf bo'lsangiz bas!
Qaro ko'zim alam yoshin to'kkan mahal,
Yodimdasiz hargiz ko'nglim cho'kkan mahal.
Hur qizlardan siz
haqdagi o'ylar afzal,
Siz men bilgan o'shal inson bo'lsangiz
bas!...