Главная
Регистрация
Вход
Payshanba
21.11.2024
21:11
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Www.Uz-DunYo.CoM

Меню сайта

Категории раздела
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Мультфильмы / Multfilmlar
Концерты / Konsertlar
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Новости / Yangiliklar
Ужасы / Qo'rqinchli
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма /Drama
Боевик / Jangari
Комедия / Kulgili
Фантастика/Fantastika
Клипы / Kliplar
Документальные / Hujjatli
Юмори / Xazillar
Триллер / Triller
Статья / Maqola
Кухня / Oshxona
SeVgi IzhoRlaRi
Har-Hil SheRlaR
Спорт / Sport
Исторические/Tarixiy
Yulduzlar / Xaqida
Телепередачи / TV Ko'rsatuv

Мини-чат

Ob-Havo


FOTOGALERIYA

  
Главная » 2011 » Avgust » 26 » MAG'RUR SEVGI VA YURAK...
05:25
MAG'RUR SEVGI VA YURAK...


Mag`rur sevgi… Shunaqasi ham bo`larkan dunyoda. Sevasanu, lek oshkor qilishga g`ururing yo`l qo`ymaydi. Ichingda sevging deb kuyib-pishasanu, ammo tashqariga hatto tututnini ham chiqarolmaysan. Eng yaqin sirdoshing ham kimni sevishingni bilolmaydi. Avvallari hatto o`zingdan ham qizg`angan nigohing bugun unga, ha, ha, o`sha sirli insonga qadalgan. Avvallari hech kimga aytilmagan, qalbing tubidagi sirlaringni unga oshkor etging keladi. O`sha inson sening orzuingdagi shahzoda, tushlaring farishtasi, sen bir umr kutgan yor. U bilan baxtli bo`lishga, u bilan hayot yo`lingni bog`lashingga ko`zing yetadi. Lekin yana mag`rurlik qilasan…

Sen tushingda ko`rgan, orzu qilgan xayollar ro`yobga chiqa boshladi. Ich-ichingdan quvonasan, dunyoga jar solging keladi: “Sevib qoldim” deya. Ammo yana o`sha qizlik g`ururing halal beradi… U senga nigoh tashlaganida bor vujuding titrab ketadi-yu, ammo atrofdagilarga sezdirmaysan. Yuzing hayajondan qizarsa, kun issiqligini bahona qilasan. Sevganing do'stlaring bilan uzoq gaplashib qolsa, yuraging yorilgudek bo`ladi. Shu choq uni hammadan, hatto o`zingdan ham rashk qilib, qizg`anib ketasan. Lekin uni yoniga borib: “Sizni sevaman” deyolmaysan. Seningcha, bu gapni aytsang, o`sha onda g`ururing o`ladi, qat`iyating sinadi…
Kutilmaganda u yoningga kelib seni sevishini aytadi. Quvonching ichingga sig`may turibdi-ku, lekin yana mag`rurlik qilib, uning sevgisini sinovdan o`tkazasan. Bunchalar beshafqatsan-a? “Sevdim” deb ko`zlaringga termulib turgan sevgilingga rahming ham kelmaydi-ya?! U hatto sen bilan hayot yo`lini birlashtirmoqchiligini aytdi. Axir bu sening umrbod Ollohdan tilagan baxting-ku! Yo`q, shunda ham mag`rursan… Eh, yurak! Buncha mag`rur bo`lmasang. Nahot, sen sevgan yor bir og`iz “sevdim” degan so`zingga arzimasa? Shunchalar mag`rursanki, o`z his-tuyg`ularingni oshkora aytolmaysan…
Biroq…Biroq muhabbat shunday kuch ekan-ki… Hatto mag`rurlik ham uning oldida tiz cho`kar ekan. Chin sevgi mag`rurlikni yengadi… Bir kun kelib mag`rur sevgi oshkor bo`ladi…Ana o'sha sevgi chin va abadiydir...

Barchangizga ana shunday sevgi yor bo'lishini Ollohdan surab qolaman. Sevib-sevilib yashang. Ahir sevgi-muhabbat ila hayotimiz go'zal va mazmunlidir...
Категория: SeVgi IzhoRlaRi | Просмотров: 653 | Добавил: Ukinch | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish

Malumot izlash

Yangi kun tartibi
«  Avgust 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

SMS




Sayt Faollari

UzDunYo

Пол: Ayol
Новостей:2585

Administrator



_DAVRONBEK_

Пол: Erkak
Новостей:1489

Do'st



Ukinch

Пол: Erkak
Новостей:1262

Moderator



Axliddin

Пол: Erkak
Новостей:202

Administrator



nodirbek547

Пол: Erkak
Новостей:756

Moderator



Copyright MyCorp © 2024