“Xavfli” telefon 2011
"Xavfli” telefon
Cnet saytida elektromagnit nurlanish darajasi eng yuqori smartfonlar ro‘yxati keltirildi.
Dastlabki ikki o‘rinda Motorola kompaniyasining ikki mahsuloti (Motorola Bravo hamda Motorola Droid 2 Global) joylashtirilgan bo‘lib, ularning solishtirma yutuvchanlik koeffitsienti (SAR) 1,59 va 1,58 vattni tashkil etgan. Keyingi ikki o‘rinda Sony Ericsson Satio va Sony Ericsson Xperia X10 Mini Pro (SAR – 1,56 va 1,55) smartfonlari joylashgan.
"Xavfli” telefonlar ro‘yxatidan, shuningdek, Kyocera Jax S1300, Motorola i335, Nokia Astound, Motorola Defy, Motorola Grasp, ZTE Salute, LG Rumor 2, Motorola Droid, Sanyo Vero, Motorola Droid 2, HTC Desire, LG Chocolate Touch, Motorola Atrix 4G, Kyocera Wild Card M1000, Kyocera X-tc va Motorola i576 (SAR – 1,44) o‘rin olgan.
Solishtirish uchun: elektromagnit nurlanish jihatidan eng xavfsiz telefon – Samsung Blue Earthning SAR darajasi 0,196ga teng.
|