|
| | |
Главная » 2011 » Iyun » 15 » So'zlashish madaniyati
07:05 So'zlashish madaniyati |
So'zlashish madaniyati
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug' qasri ustunlaridan biri bu so'zlashishdir. So'zlashishning qimmatbaho gavhari esa muloyimlik va odobdir. Axloq arkining yuqorisida o'tiruvchilarning aytishicha, insoniyatning kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so'zlash bo'lib, bu bog'ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarlarigina yoza oladi. Til har bir aql sohibi fazilati xazinasi kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so'zlari orqali ma'lum bo'ladi.
Har kim kam so'zlasa yaxshidir so'zi, Undayin kishida inson fazli bor. Behuda so'zlovchi palid zabondir, Ko'p so'zda ko'p ma'no bo'lmaydi zinhor.
Bir kishi bir hakimning ziyoratiga bordi, hakimning yonida behuda so'zlarni haddan ziyod so'zladi va nihoyat u o'z so'zlarini: "endi so'zlashni bas qilay" deb yakunlagan edi, hakim unga shunday javob qaytardi: "Y'oq, sen so'z so'zlaganing yo'q!"
Behuda so'zlarni so'z deb bo'lmaydi, So'z ulki, eshitgan olsin bir foyda. So'zlasang, so'zingni ko'p uzoq qilma, Malollik yetadi uzaygan joyda!
P.S. So'zlashda besabab va bemavridlik kaliti bilan takallum qulfini ochmaslik lozimki, so'z gavhari to'g'ri va aniq bo'lsa-da, bevaqt va bemahal aytilsa idrok bozorining gavharshunoslari nazarida e'tibordan chetda qoladi va hech kim uni eshitishga rag'bat qilmaydi.
Rasululloh (s.a.v.) dedilar: So'zda sehr bor, she'rda esa hikmat.
Kishining go'zalligi - uning tilidan bilinur.
Sizlarning yaxshilaringiz - xushxulq, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa og'zini to'ldirib, ezmalik ila ko'p gapiruvchilaringizdir.
Odamlar bilan xushmuomala bo'linglar. Odamlarga qattiqqo'llik qilib behayo so'zlamanglar!
|
Категория: Ислам / Islomiy |
Просмотров: 2788 |
Добавил: UzDunYo
| Рейтинг: 1.8/10 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|