|
| | |
Главная » 2011 » May » 28 » Revani
|
Revani
Masalliqlar:
1. 4 dona tuxum 2. 1 stakan qatiq 3. 1 stakan kungaboqar yog'i 4. 2 stakan un 5. 1 stakan "mannaya krupa" 6. 1 stakan shakar 7. 10 gr pishevaya soda 7. Biroz limon po'stlog'ini qirilgani.
Sharbati uchun:
1. 5 stakan suv 2. 4 stakan shakar 3. Yarim limonni suvi
Tayyorlanishi:
1. Sharbatni qaynating. Siz nonini tayyorlaguncha sharbat iliq bo'lishi kerak, shuning uchun avvalo sharbatni tayyorlang. Agar sharbatni qaynoq to'ksangiz shirinlik hamir bo'lib qoladi, shunga ehtiyot bo'ling!
2. Tuxum va shakarni yaxshilab mikserda aralashtiring. Keyin qatiq, yog', un, mannaya krupani aralashtiring. Eng ohirida pishevaya sodani solib aralashtiring.
4. Duxovka listini yog'lab, tayyor bo'lgan suyuq hamirni yoying. Usti yaxshigina qizarguncha pishiring. Men 180 darajada, 40 daqiqa ichida, faqat past qavatida pishirdim.
5. Shirinlikni nonini duxovkadan olgandan keyin istagan shaklingizda kesing va iligan sharbatni non sovumasdan ustiga hamma joyiga teng keladigan shaklda to'king. Men 1 soatcha sharbatini shimishini kutdim.
6. Shirinlikni ustiga shakar pudrasi yoki Hindiston yong'og'i maydasi sepib dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha Kulgi
|
Категория: Кухня / Oshxona |
Просмотров: 1438 |
Добавил: UzDunYo
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|