|
| | |
Главная » 2011 » May » 27 » OYPOPUK ESHONXONOVA YANA TURMUSH O’RTOG’I BILAN AJRASHDI!
11:37 OYPOPUK ESHONXONOVA YANA TURMUSH O’RTOG’I BILAN AJRASHDI! |
Avvaliga eshitganimizga ishonmadik va xonandaga qo’ng’iroq qildik. Ma’lum bo’lishicha bu voqea haqiqatdan ham bo’lgan ekan. Oypopuk Eshonxonova: — Ochig’ini aytsam, fe’limiz bir-biriga to’g’ri kelmadi. Dunyoqarashlarimiz boshqa-boshqa ekan. Qolaversa, Moskva va Toshkent orasida yo’l qatnaydigan bo’lib qoldim. Bu esa ijodimga katta ta’sir o’tkazdi. Muxlislarim ham yangi qo’shiqlarim chiqmayotganidan ranjishayotganini aytishdi, xullas barchasi yig’ilib kelganida biz shunday qaror qabul qilishga majbur bo’ldik. Aprelda to’yimiz bo’lgan bo’lsa, yanvar oyida ajrashdik. Aslida buni ma’lum qilmoqchi emasdim, ammo turli gap-so’zlar paydo bo’la boshlagach, faqat sizga aytdim. O’ylaymanki, buni muxlislar to’g’ri tushunishadi. Ha san’atkor ayolga ikki bora qiyinligini mana shundan ham bilsa bo’ladi, oila qilsang, san’ating, san’atni desang oilang... Har ikkalasini eplasang-ku xo’p-xo’p. Eplolmasang yana qancha tushunmovchiliklar! Xonandaga taskin sifatida uni muxlislari kutayotganini aytamiz va "ijodda belni mahkam bog’lang, Eshonxonova!” deb qolamiz.
|
Категория: Статья / Maqola |
Просмотров: 782 |
Добавил: UzDunYo
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|