"Asal Tort" pishirish retsepti Tayyorlanishi: Avval asal qozonga solinib olovga qo’yiladi. Asal qaynaydi va qizg’ish rangga kiradi.1 choy qoshiq so’da limon kislotasida o’ldirilib asalga qo’shiladi. Asal ko’tarila boshlashi bilan bo’laklarga bo’lingan margarin solinadi. Margarin butunlay eriguncha qozoncha olovda turishi kerak. Alohida idishga tuxum chaqilib, ustidan oz-ozdan shakar solinib, mikserda ko’pirtiriladi(2-3 min). 0,5 choy qoshiq limon kislotasida o’ldirilgan so’da ko’pirgan massaga qoshiladi.So’ng 2 massani 1 massaga (qozonchadagiga) qo’shib,un solib yumshoq hamir qoriladi. Hamir 3 ga bo’linadi va listga yoyib pishiriladi. Qizdirilga isitkichda 180-200 gradusda 15-20 min.da pishadi. Uni orasiga krem surtilib, yopishtiriladi.Ustiga urvog’i sepiladi. Kerakli masalliqlar: 4 osh qoshiq asal(suyug’i) 3 ta tuxum 200 gr. margarin 1,5 choy qoshiq soda 1 st. shakar 2,5 st. un
|