Rejissyor: Abduvohid G`aniyevning "Kelgindi qaynona” filmida
Bosh rollarda: Farruh Soipov, Sitora Farmonova, Gavhar Zokirova, Murod Rajabov.
Rustam Sa`diyev prodyuserligida suratga olingan ushbu kinokartina Rustam Sa`diyev "Kelgindi...”larining mantiqiy davomi sifatida suratga olingan. Bu gal esa qaynona "kelgindi”.
"Kelgindi qaynona”da barcha obrazlarni markazlashtirib turuvchi nuqta sifatida O`zbekiston xalq artisti Murod Rajbov obrazini aytish mumkin.
Farruh Soipov har galgidek o`z nuqtasida. Aslzoda sevilishga moyil yigit. Debyutant Diyora esa tomoshabinga yangi qiyofa bo`lishi aniq. Prinsipli ayol va uning hayotdagi o`rni yoritilgan "Kelgindi qaynona” ekranlarda. Gavhar Zokirovaning ushbu roli original tarzda qabul qilindi. Filmda barchani hayratga solgan O`zbekiston xakq artisti Rixsi Ibrohimova bo`ldi. U boshida kepka va oyog`ida krossovkada paydo bo`ladi. Muntazam onalar qiyofasini yaratib kelayotgan aktrisamiz, o`z dasturiga boshqalariga o`xshamagan rol'ni kiritib qo`yganidan xursand.