ZeBoDaN Mahsus TaoM Mashhur qo'shiqchi Zebo: Umuman olganda o'zbek va sharqona taomlarni sevib iste'mol qilaman va ularni yaqinlarimga tayyorlashni yoqtiraman. Albatta bo'sh vaqtim bo'lsa, zapekanka, turli hil sous, pastalarni tayorlayman. O'zimning mahsus taomni tayorlash usulini sizlar bilan baham ko'rishdan hursandman. Sous
Massaliqlar: zaytun yog'I,makaron,(spagetti)pomidor, farsh, piyoz, sarimsoq piyoz, sabzi, rayhon, tuz, murch.
Tayorlanishi:zaytun yog'ida farshni past olovda pishiramiz, pomidorni postlog'idan tozalab mayday kesib uni ham qovuramiz keyin sabzini mayday kubik shaklida kesib qo'shamiz. Tayor bo'lishidan 5 daqiqa oldin piyoz, sarimsoq piyoz va rayhonni mayday tog'rab qo'shamiz. Tuz va ziravorlarni qo'shishni unutmang.
Umuman olganda menga Koreya, Yaponiya taomlari juda yoqadi. Shu sababli, oyda bir necha marta Toshkentdagi Koreya, Xitoy restoranlarga tashrif buyuraman. U yerdagi qo'y go'shtli "yakityan"yoki "bulgoga" shuningdek Xitoylik issiq salatni buyurtiraman.
Tabiatdan shirinliklarni juda, juda sevaman. O'zimni shirinliklarsiz ta'savvur qilaolmayman. Ruslarning ta'biri bilan aytganda "sladkoejka"man