Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim seni,
Yuragim ezardi yolg'iz shu xadik,
Shu qo'rquv ta'qib etardi meni
Shu sabab ko'zingga boqolmasdim tik... Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim juda,
Afsuski qo'rqqanim bo'ldi-ku sodir.
Afsuslarim endi bekor-bexuda,
Sevmoqdan o'zgaga emasdim qodir...
Yo'qotib qo'yishdan qo'rqardim yomon,
O'sha kun ketding-u kelmading qaytib...
Ko'z yoshlarim bo'lib bir ummon,
Dod solib yig'ladim, Dardimni aytib...
Balki yo'qotishdan qo'rqqanim uchun,
Bu taqdir menga xam qildim-u xazil...
Sensiz bo'lmas bu baxtim butun,
Men seni kutaman, Azizim Qaytgil...
Seni yo'qotishdan qo'rqardim juda...