Главная
Регистрация
Вход
Payshanba
21.11.2024
21:42
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Www.Uz-DunYo.CoM

Меню сайта

Категории раздела
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Мультфильмы / Multfilmlar
Концерты / Konsertlar
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Новости / Yangiliklar
Ужасы / Qo'rqinchli
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма /Drama
Боевик / Jangari
Комедия / Kulgili
Фантастика/Fantastika
Клипы / Kliplar
Документальные / Hujjatli
Юмори / Xazillar
Триллер / Triller
Статья / Maqola
Кухня / Oshxona
SeVgi IzhoRlaRi
Har-Hil SheRlaR
Спорт / Sport
Исторические/Tarixiy
Yulduzlar / Xaqida
Телепередачи / TV Ko'rsatuv

Мини-чат

Ob-Havo


FOTOGALERIYA

  
Главная » 2011 » Aprel » 29 » Muxabbat Nafratga aylanmasin ekan...
16:31
Muxabbat Nafratga aylanmasin ekan...
Sizlarga Hayotimda bo'lib o'tgan bir voqeani so'ylab bermoqchiman:

Hayot juda xam murakkabdir, uning murakkabligi oldida inson har qancha urunmasin, har qancha kuchli bo'lmasin, ojiz bo'lib qolaverar ekan.

Men Toshkentda tug'ilganman va Bodomzor mahallasida istiqomad qilar edim. Muhayyo meni hayotimning mazmuniga aylangan edi, uni shu qadar yaxshi ko'rar edim-ki, hatto Dunyolarni unutib, borimni unga bergudek bo'lib muxabbatimni i'nom etardim. Hatto ba'zida o'zimga-o'zim, bunday kuchli muxabbatim uchun Hudoyimning g'azabi kelmasmikan deb ham o'ylab qolardim? Nega-ki Muxabbatimni oddiy taqqoslab ko'rganimda, tan olaman, Yaratgan Robbimdan ko'ra bir bandasini shunchalar sevibman.

Bizlar bir-birimizga ko'ngil qo'yib, Hudoyimning amri bilan bizlar turmush qurdik. Hayotimiz boshida yaxshi boshlandi Hudoga shukur. Ammo har bir banda yaralibdi-ki, sinovlar qurshovida yashar ekan, bizlar doimo sinalar ekanmiz. Shu qatorda bizlarga ham Olloh o'z sinovlarini yubora boshladi.

To'ydan keyin Muhayyo, o'zidan-o'zi o'zgara boshladi, hatto hech kim tushunishga qodir bo'lmadi uning holatini. U butunlay o'zgargan edi. Hech kim bilan aloqa qilishni hohlamas, hatto bora-bora menga bo'lgan Muxabbati ham so'na boshladi, oqibatda men unga butunlay begonadek bo'lib qoldim. Bo'layotgan holatni tushunolmasdan aqldan oza boshladim. Uni ko'p tushunishga harakat qildim, menga qilayotgan sovuq muomilalariyu, o'zidan uzoq tutushi va mendan o'zini olib qochib yurishi borgan sari meni qiynay boshladi va savollarga ko'mib tashladi. Vaholang-ki hayotimizda hech qanday kamchiligimiz yo'q edi, Hudoga shukur hamma narsamizni, rizqimizni oshig'i bilan Tangrim berib qo'ygan, oilamdagilar Hotinimga yaxshi munosabatda va atrofdagilar ham hammalari yaxshi insonlar edilar.

Oqibatda sabrim tugay boshladi, nega-ki bu holat yomonlashsa yomon bo'ldiyu, lekin ijobiy tarafga o'zgarmadi. Men u uchun butun borlig'imni bahshida etib, mehrimni va muxabbatimni hamda e'tiborimni berishga harakat qilib 1 yildan oshiq yashadim. Uni qalbiga kirib, asl nima bo'lganligini aniqlolmadim, biror-bir holat yuz berdimikan deb yoki men haqimda kimdir salbiy ma'lumotlarni berib, ko'nglini sovutdimikan yoki issiq-sovuq deyishadi, shundan qildimikan desam bu narsa kimga ham kerak edi deb ko'p o'yladim va izlandim ammo savollarim doimgidek javobsiz qolib ketaverdi. U esa hech narsa deb ham og'iz ochmasdi

Endi bahtli yashashga haqlimiz deb o'ylaganimda va har bir ikki yoshning turmushdagi ilk yillari go'zal o'tishi kerak bo'lgan bir vaqtda, bunday o'zimni Bahtsiz his qilishligim yuragimni o'rtab, qalbimdagi unga bo'lgan Muxabbatimga yarasha javob ololmaganim sababmi, u kuchli Muxabbat nafratga aylana boshladi.

Unga qancha ko'p narsa hadya etsam, u menga nisbattan shuncha teskari munosabatlarni qaytara boshladi. Oilamizni saqlab qolishlik uchun har qancha urunmay samarasiz qolaverdi. Natijada sarson Muxabbatimiz va kichgina oilamiz jar yoqqasiga qarab kela boshladi.

Bir kun u menga to'satdan: - Ortiq men bilan yashay olmasligini va ajralashimiz kerakligini aytdi, sabab neligin so'raganimda: - Hech qanday sabab yo'q, deya javob berdi, o'sha kuni u yoqtirgan Dunyodagi eng yaxshi sovg'ani tayyorlab qo'ygan edim, bu gapni eshitib o'zimni yo'qotib qo'ydim va yuragimda paydo bo'lgan og'riqni tariflashga til ojiz qoladi, u og'riqga dosh bermoq azob va bu og'riqdan dunyolarga o't qo'yib yoqgim kelardi.

...va o'sha kuni qalbimdagi kuchli Muxabbatim, kuchli Nafratga aylanib, alanga ola boshladi va Dunyodagi eng yaxshi ko'rgan va hayotimning mazmuni bo'lgan insonni, Dunyodagi eng katta jazo bo'lmish O'limga mahkum etdim...

Uni o'z qo'llarim bilan o'ldirdim, ha o'z qo'llarim bilan nafratim va alamlarim bilan uni bu dunyodan ayirdim. U qonga belangancha yotarkan, unga qayta-qayta savol berar edim: Nega meni bu kuyga soldin? Nega meni bunchalar azobladin? Nega mendan Muxabbatingni va Mehringni darig' tutdin, deya qonga belangan qo'llarimni samoga ko'tarib dod deya qonli ko'z yoshlar to'kar edim...

Men hatto chumoliga ham ozor berishdan qo'rqadigan, hatto Onam menga, kladovkamizga sichqonga qapqon qo'ydim ehtiyot bo'lgin kirganingda bolam, sichqonlar juda ko'payib ketibdi, odamni rosa hunob qildi-da, deb etganlarida, borib sichqonlarni shu qopqonga tushib qolib o'lib qiynalmasin deya, qutqarardim. Endi bugunchi? O'z jufti-halolimni qotiliman, ha qotilman!

Bugun meni o'sha savollar hali ham qiynaydi, men u uchun Jonimni ham berardim, u esa nega mendan Muxabbati va Mehrini darig' tutdi?!

Bunday sinovlar hech kimning boshiga tushmasin ekan, aslo unutmang Muxabbat Nafratga aylanmasin ekan azizlar... Yoringizga Boringizni bering toki Boringizdan Borini olib yashaysiz...


Qarshi, "Toshturma" mahbusi Yodgor

Категория: Разное / Har hil | Просмотров: 1876 | Добавил: UzDunYo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish

Malumot izlash

Yangi kun tartibi
«  Aprel 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

SMS




Sayt Faollari

UzDunYo

Пол: Ayol
Новостей:2585

Administrator



_DAVRONBEK_

Пол: Erkak
Новостей:1489

Do'st



Ukinch

Пол: Erkak
Новостей:1262

Moderator



Axliddin

Пол: Erkak
Новостей:202

Administrator



nodirbek547

Пол: Erkak
Новостей:756

Moderator



Copyright MyCorp © 2024