Главная
Регистрация
Вход
Payshanba
21.11.2024
21:44
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Www.Uz-DunYo.CoM

Меню сайта

Категории раздела
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Мультфильмы / Multfilmlar
Концерты / Konsertlar
Сериалы / Seriallar
Приколы / Prikollar
Новости / Yangiliklar
Ужасы / Qo'rqinchli
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма /Drama
Боевик / Jangari
Комедия / Kulgili
Фантастика/Fantastika
Клипы / Kliplar
Документальные / Hujjatli
Юмори / Xazillar
Триллер / Triller
Статья / Maqola
Кухня / Oshxona
SeVgi IzhoRlaRi
Har-Hil SheRlaR
Спорт / Sport
Исторические/Tarixiy
Yulduzlar / Xaqida
Телепередачи / TV Ko'rsatuv

Мини-чат

Ob-Havo


FOTOGALERIYA

  
Главная » 2011 » Aprel » 4 » Ozodbek Nazarbekov O'girlangan she'rlar xofizi...
07:38
Ozodbek Nazarbekov O'girlangan she'rlar xofizi...
                  
 
 
 
 
 
 
Sanobar Qulmirzayevaning ushbu she’rini o’qib, ochig’I ikkilanish va gumonlar iskanjasida qoldik. Mashxur el suygan xonanda,O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ozodbek Nazarbekov tomonidan qo’shiq qilib kuylangan ushbu she’r muallifi boshqa ekanligini bilardik. Ammo Sanobarning kuyib-yonib gapirishidan,bu she’r muallifi o’zi ekanini isbotlash uchun qilgan sa’y-xarakatlaridan bildikki, bu asar kimlardir orqali olg’ir ‘’shoir’’ning qo’liga tushgan va muallifi o’zgargan holda xonondaga xavola etilgan.Balki bunga ishonmassiz,lekin ayni xaqiqat.Buni Ozodbek Nazarbekovning Sanobar uchun tashkillashtirgan konsert dasturi ( Konsertda xonanda she’r mualifi Sanobar ekanligini, "Olg’ir shoir ”dan ranjiganligini aytgan) va O’zbekiston mualiflik xuquqini ximoya qilish respublika agentligi tomonidan berilgan guvohnoma istoblaydi. Avto xalotak tufayli bir qo’lidan ayrilib,jonlantirish bo’limida faqat o’zudangina najot kutib yotgan qizning shu’uriga quyilib kekgan satrlarni undan o’zgaga ravo ko’rmagan Xaq xaqiqatni qaror toptirgan bo’lsa ajabmas… Aziz o’quvchi,xolis baxo berishni o’zingizga qoldirdik.Garchi she’r mualifi Sanobar Qulmirzaeva bo’lsada,endi u xalqning mulkiga sevimli qo’shig’iga aylandi. Ozodbek Nazarbekov - Sendan bo’lak Shoira : Sanobar Qulmirzaeva Go’daklikdan boshginamga balo keldi yog’ilib, Qo’sha – qo’sha judolikdan nido keldi yog’ilib. Alamlardan ko’z yoshlarim daryo bo’ldi yig’ilib, Ichimdagi dardlarimga Darmon yo’q sendan bo’lak. Raxm qilgin bu xolimga,rahmon yo’q sendan bo’lak. Xar kun tushlarimga kirib,yo’qlab ketadi akam, Yana kim xabar olardi men g’aribning xolidan. Bir tomchi suv so’rayman qurigan baxt niholidan. Ichimdagi dardlarimga darmon yo’q sendan bo’lak, Raxm qilgin bu xolimga rahmon yo’q sendan bo’lak. Jigarlarimni sog’inib, ming azoblar yutarman, Balki ular meni kutar ,men ularni kutarman. Naxot endi bu dunyodan,men shundayin o’tarman, Ichimdagi dardlarimga darmon yo’q sendan bo’lak, Raxm qilgin bu xolimga rahmon yo’q sendan bo’lak. Ozodbek Nazarbekov – Bir seni o’ylasam Shoira : Sanobar Qulmirzaeva Kim meni deb yig’ladi,kimdir kechirdi, Kimning dardi menga og’u ichirdi. Kimdir yuragidan butkul o’chirdi, Oxir xammasiga bir – bir ko’ndim man. Bir seni o’ylasam,faqat yondim man. Yurakka nimadir botib bormoqda, Alamlar qatmaqat ortib bormoqda, Borib – borib bag’rim qotib qolmoqda. Xattoki,dunyodan sovib qoldim man. Bir seni o’ylasam faqat yondim man. Kelib ko’r,ko’ksimda nishlar izi bor, Tillarim uchida tishlar izi bor, Yelkamda ikkita qushlar izi bor, Qush edim qaylarga bilmay qo’ndim man. Bir seni o’ylasam, faqat yondim man. She’rimni o’g’irlab . . . Shoira : Sanobar Qulmirzaeva She’rimni o’g’rilab,mashxur bo’lganlar, O’g’irlasa qani alam,dardimni. She’rim qanotiga shuxrat minganlar, Xalos etolsaydi dardan qalbimni. Yarimta qo’ngilni yamab bo’lmaydi, Xayot sinovlarim o’yin bilganlar. Aldovlarda also tole kulmaydi, She’rimni o’girlab mashxur bo’lganlar. Kimlardur uni deb yig’laganmikan, Alamlarda ko’ksin dog’laganmikan. She’rga xayotim bog’laganmikan, She’rimni o’girlab mashxur bo’lganlar. Jigarin tobutin quchmaganmikan, Gul yoshida og’u ichmaganmikan. Meningdek yig’lashdan tinmaganmikan, She’rimni o’g’rilab mashxur bo’lganlar. O’sdim o’saverdim,taqdir zarbiga , Kim quloq solardi ko’nglim arziga. Quloq sololsaydi bir bor qalbiga, She’rimni o’g’irlab mashxur bo’lganlar. Manzilin bilmagan bitta qush edim, Xayotning shomida uzun tush edim. Naxot barchasiga xayru xush dedim, She’rimni o’girlab mashxur bo’lganlar. She’rim oshno bo’lsa ko’ngil dardiga, Mayli,sabab qilsin, kimdir baxtiga. Faqat yozing uni vijdon qarziga, She’rimni o’girlab mashxur bo’lganlar…
Категория: Статья / Maqola | Просмотров: 1927 | Добавил: UzDunYo | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Saytga kirish

Malumot izlash

Yangi kun tartibi
«  Aprel 2011  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

SMS




Sayt Faollari

UzDunYo

Пол: Ayol
Новостей:2585

Administrator



_DAVRONBEK_

Пол: Erkak
Новостей:1489

Do'st



Ukinch

Пол: Erkak
Новостей:1262

Moderator



Axliddin

Пол: Erkak
Новостей:202

Administrator



nodirbek547

Пол: Erkak
Новостей:756

Moderator



Copyright MyCorp © 2024